Page 169 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 169
Bundan tashqari, Web–dizayner bilan birga Web–saytning har bo’limlarida
ishlatish mumkin bo’lgan sahifalar shablonlariga belgi qo’yish va ularning
miqdorini aniqlash zarur bo’ladi. Masalan, “Bosh sahifa”, “Bo’lim bosh sahifasi”,
“Bir sahifali maqola”, “ Ko’p sahifali maqola” va b.q.
Olingan axborotlar Web–dizayner va HTML–koder uchun to’la ish hajmini
aniqlab beradi; loyihani bajarish uchun zaruriy vaqtni obyektiv baholashda
yordamlashadi.
Shunday qilib, Web–saytni amalga oshirish uchun quyidagilar mavjud:
maqsadli foydalanuvchilar aniqlanadi;
informasion struktura aniqlanadi;
navigasion model tadqiq qilinadi;
informasion to’ldirishning hajmi aniqlanadi;
sahifa shablonlari xususiyati (spesifika) va miqdori aniqlanadi.
Bu bosqichda Web–sayt uchun masalaning ko’ndalang qo’yilishi tugallanadi.
Lekin, dinamik Web–sayt uchun uning funksionalligini aniqlash, ya’ni Web–sayt
dasturiy qismining zarur funksiyalarini ro’yxat qilish, “texnik topshiriqlar”ni tuzish
qoldi.
Misol:
Funksional nomi: Web–sayt tashrif buyuruvchilari bilan teskari bog’lanish.
Ahamiyati.: Web–sayt tashrif buyuruvchilaridan informasion xabarlarni
Web–sayt administratori tomonidan yig’ib olish.
Tashrif buyuruvchilar funksiyasi: majburiy maydon (joy) hisoblanadigan
“Ism”, “Kontaktli e-mail” va “Xabar”larni o’z ichiga olgan xabarlar formalarini
to’ldirish va jo’natish.
xabarlarni muvaffakiyatli jo’natilgach, xabarlar muvaffaqiyatli
jo’natilganligi to’g’risidagi xabarni olish;
xabar muvaffaqiyatsiz jo’natilgach, muvaffaqiyatsiz jo’natilgan xabar
to’g’risidagi xabarni (formani takroriy to’ldirish taklifnomasi bilan) olish;
To’ldirilgan maydon (joy)li formalar jo’natishga harakat qilishda–
to’ldirish shart bo’lgan maydonlar to’ldirilmaganligi to’g’risidagi xabarni olish.
Web–sayt administratori vazifa (funksiya) lari:
168