Page 317 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 317
340 355 n- n-
maga magan
n
340- 45 355- 54 -"- -"- -"- -"- -"- -"-
400 400
400- 42 400- 53 -"- -"- -"- -"- -"- -"-
450 440
450- 32 440- 66 -"- -"- -"- -"- -"- -"-
500 500
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘rganilgan tuproqlarning magnitlilik
xususiyatlari tuproq profili bo‘ylab o‘zgarib boradi. Magnitlilik
xususiyatlarining eng yuqori qiymati ustki qatlamlarga to‘g‘ri keladi,
magnitlilik qiymatining kamayishi tuproq kesmalarining turli
chuqurliklarida turlicha tezlikda borishi kuzatiladi. Masalan, 1,3
kesmalarda magnitlilik xususiyatining maksimal qiymati 1-1,5 m
chuqurlikgacha kuzatilsa, bu qiymat 2-kesmada 2,5-2,8 m chuqurlikgacha
etadi. Magnit xususiyatlarining tuproq profili bo‘ylab o‘zgarishi ba’zi
tuproq kesmalarida turlicha boradi, aftidan bu tuproq hosil qiluvchi jinslar
tarkibiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
1. Tuproqning magnitlik xossalari deganda nimani tushunasiz?
2. Tuproqning magnit xossalarini baholash uchun qaysi
parametrlarni hisobga olish kerak?
3. Minerallar magnit xossasiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?
4. Magnit xossalarini tuproq strukturasiga ta’siri bormi?
5. Tuproqning magnitlilik xususiyatlarini o‘lchash uslublari haqida
tushuncha bering?
6. Tuproq magnetizmi sohasidagi asosiy dalillar va ayrim
qonuniyatlari haqida tushuncha bering?
7. Ayrim minerallar va tuproqning nisbiy magnit ta’sirchanligi
qanday?
8. O‘zbekistonda tuproqning magnitlilik xossalari bo‘yicha
izlanishlar olib borgan qaysi olimlarni bilasiz?
9. A.Lukshinning tuproq magnetizmi sohasiga qo‘shgan hissasi
haqida gapirib bering?
10. Tuproqning magnitlilik xususiyatlari tuproq tarkibidagi temir
miqdoriga qarab o‘zgaradimi?
312