Page 315 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 315
2. Magnitlilik xossasi tuproqlarning fizik xossasining yangi muhim
tavsifi hisoblanadi. Tuproqning ushbu xossasi ba’zi tuproq hosil bo‘lish
jarayonlarining ob’ektiv ko‘rsatkichi sifatida foydalanilishi mumkin.
Demak, podzollashish jarayoni tuproqlarning ustki qatlamlarida
uning magnitlilik xossasi qiymatining kamayishiga olib keladi. SHuning
uchun, magnitlilik xossasining eng yuqori miqdori chimli-karbonatli
tuproqlarning haydalma qatlamida, eng kam miqdori esa chimli-podzol
tuproqlarning haydalma qatlamida kuzatiladi. Kulrang o‘rmon tuproqlarida
podzollashish jarayoni sezilarsiz bo‘lganligi sababli magnitlilik
xossasining ko‘rsatkichi oraliq miqdorni tashkil etadi.
A.A.Lukshin va uning hamkasblari o‘rganilgan tuproqlarning turli
qatlamlaridan olingan namunalar uchun N=0÷500 e maydonida gisterezis
doiralarni aniqladilar va tuzib chiqdilar.
Shunday qilib, magnitlilik xususiyatlari tarkibida temir miqdori
yuqori bo‘lgan tuproqlarda aniqroq ifodalanadi va barcha o‘rganilgan
tuproqlar uchun quyidagi qonuniyatlar aniqlandi:
1) chimli-podzol tuproqlarning haydalma qatlamida chimli-karbonatli
tuproqlarning haydalma qatlamiga nisbatan temir kam miqdorda uchraydi;
2) temir miqdorining podzol qatlamida kamayishi va illyuvial
qatlamda ortishi kuzatiladi. Ko‘rinib turibdiki, tuproqlaring magnitlilik
xususiyati turli tuproq tiplarining kimyoviy-mineralogik xossalarini
baholashda, shuningdek ayrim tuproq hosil qiluvchi jarayonlarning borish
yo‘nalishini aniqlashda yaxshi kriteriy bo‘lib hisoblanishi mumkin.
O‘zbekiston tuproqlarining magnit xossalari I.Turapov,
M.Mazirovlar (2003) tomonidan G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmasida
tarqalgan tog‘ jigarrang tuproqlari misolida o‘rganilgan.
Magnitni o‘ziga qabul qilish kattaligi moddani magnit maydonidagi
magnitlash qobiliyatiga ega bo‘lishini xarakterlaydi. Magnitlilik
xususiyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning yuzaga kelishiga sabab,
moddalarning moddalarning tarkibiy tuzilishida yuzaga kelayotgan
o‘zgarishlar ularning magnit xossalarining ham o‘zgarishi bilan
bog‘liqligidadir, qaysiki bu xususiyatlardan ko‘pgina muammolarni
echishda qo‘llanilishi mumkin. Tuproq va tuproq hosil qiluvchi tog‘
jinslarining fizikaviy, kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalaridagi farq
ularning magnitlilikxususiyatlarida aks aks etadi, ushbu xossalarni
o‘rganish tuproqlarni magnitlilik xususiyati bo‘yicha tip, tipcha va turlarga
ajratish, shuningdek, tuproqlardagi temirning shakllarini diagnostika
qilish, ularda kechayotgan jarayonlarni yaxshiroq anglash imkonini beradi.
310