Page 310 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 310

larning  bo‘lishidir.  Minerallar  va  tuproqning  χ  qiymatlarini                 taqqoslash
            uchun  53-jadval  berilgan.  Jadvaldan  ko‘ringanidek,  tuproqning  nisbiy

            magnit  ta’sirchanligi  –  minerallar  uchun  qanday  tartibda  bo‘lsa,  tuproq
            uchun ham shunday tartibdagi kattalikdir, biroq tuproq uchun ular  kamroq
            o‘zgarib turadi.

                                                                                                 53-jadval
                  Ayrim minerallar va tuproqning solishtirma magnit xususiyati

                                                                                 Solishtirma magnit
                      №                  Minerallar va tuproq                        xususiyati,
                                                                                     СГСМ birl.
                                                                                            -6
                     1      Siderit                                                    90∙10
                                                                                            -6
                     2      Pirit                                                     8,3∙10
                                                                                             -6
                     3      Gematit                                                   759∙10
                                                                                            -6
                     4      Limonit                                                    52∙10
                                                                                            -6
                     5      Korund                                                     12∙10
                                                                                            -6
                     6      Boksit                                                     54∙10
                                                                                            -6
                     7      CHimli-o‘rtacha podzol tuproqlar                           23∙10
                     8      Och    tusli   kulrang   podzollashgan   o‘rmon            42∙10
                                                                                            -6
                            tuproqlari
                                                                                            -6
                     9      Kulrang o‘rmon tuproqlari                                  45∙10
                                                                                            -6
                     10     To‘q-qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari                            52∙10

                   A.A.Lukshinning eslatib o‘tilgan ishida tuproqning magnit xossalari
            Udmurtiya respublikasi uchun ko‘proq tipik bo‘lgan tuproq uchun   dala
            sharoitlarida  turli  chuqurliklardan  olingan  namunalarda  o‘rganilgan.

            Namunalar  quritilgan,  tuproq  diametri  2  mm  dan  kam  bo‘lgan
            agregatlargacha  maydalangan  va  so‘ngra  balandligi  3  sm  va  asosida
            kalkadan qilingan 6x6 sm li maydoni bo‘lgan karton qutiga sepilgan.

                   Bunday  namunalarning  magnit  ta’sirchanligining  kattaligi  IMV-2
            asbobi yordamida o‘lchangan. Asbob differensial ko‘prik prinsipi asosiga
            qurilgan  bo‘lib,  bu  ko‘prik  N-simon  shakldagi  permaloy  plastinasidan

            yasalgan o‘zak (serdechnik)da yig‘iladi. Ushbu o‘zakning qutblari yuqori
            chastotali generatordan (1000 gs) energiya oladigan bir xildagi qo‘zg‘alish
            g‘altaklari bilan ta’minlangan. Bunda qutblar orasida kuchlanish

                                                   N = 0,5-0,7 e.
                   hosil bo‘ladi.





                                                            305
   305   306   307   308   309   310   311   312   313   314   315