Page 309 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 309

xususiyatlarga  ega.  Qutblararo  oraliqdan  namuna  olib  tashlansa,  undan
            singib  o‘tadigan,  φ  galvanometrning  og‘ish  qiymatiga  proporsional

            bo‘lgan oqim o‘zgaradi. Namuna α va etalon α0 (kesmalarining maydoni
            tegishli ravishda s va s0) uchun ushbu og‘ishliklarni solishtirsak, quyidagi
            formulaga ega bo‘lamiz:





                   Kontaktli  magnitometr  lokal  qiymatlar  ϰ  ni,  masalan,  kirib  qolgan
            alohida  zarralar,  donlar  va  sh.k.  larni  aniqlash  imkoniyatini  beradi.
            O‘lchashlar  o‘rtacha  kattaligi  0,5-5  mm  atrofida  bo‘lgan  turli  donlar
            solingan silliqlangan yuzalarda (kuchsiz va kuchli moddalar) olib boriladi.

            СГСМ da 10- - 1  birligi oralig‘idagi ϰ qiymati bir necha foiz aniqlikda
            bo‘ladi.
                   ϰ  ni  aniqlash  prinsipi  ipning  o‘ralish  burchagini  qayd  qilishga

            asoslangan.  Bu  burchakka  magnit  strelka  osiladi  va  uning  oldiga
            tekshirilayotgan  namuna  olib  kelinadi.  Bunda  α  qiymati  strelkani
            namunadan uzgan paytda o‘lchanadi.


                         §7.3. Tuproq magnetizmi sohasidagi asosiy dalillar va
                                                ayrim qonuniyatlar


                   Adabiyotlardan ma’lum bo‘lgan asosiy ma’lumotlar tog‘ jinslarining
            magnit  xossalariga  tegishlidir.  Tuproqqa  keladigan  bo‘lsak,  bunday
            tadqiqotlar  deyarli  mutlaqo  olib  borilmagan.  Ushbu  yo‘nalishda  ayrim

            dalillarni topish va ularni talqin qilishga A.A.Lukshin va uning shogirdlari
            harakat qilishgan. Eng avvalo shuni aytish joizki, nuraganida tuproq hosil
            bo‘ladigan  tog‘  jinslarining           tarkibida  dia  -  va  paramagnit  minerallar

            ko‘proq         uchrashiga  qaramasdan,  doimo  ozroq  dozada  (umumiy
            miqdordan  %  ulushida)  temir  (III)  oksidli  minerallar  ham  uchraydi.
            SHuning o‘zi tipik ferromagnit xossalarni aniqlash uchun etarlidir. Oxirgi
            xulosa  tuproqning  magnit  ta’sirchanligining  o‘lchangan  qiymatini

            baholash,  ularda  geterezis  doira  borligini  aniqlash  va  boshqalar  asosida
            chiqarilgan.
                   Bunday xulosalarga kelishimizga sabab, tuproq                    tarkibida birlamchi

            minerallardan  magnetit  (ϰ0=8,  N∞=92÷93,  Nk=50*),  temperatura  Kyuri
            T=587°S), gematit (N∞=0,5, NK=76 000, T=675°S), α-gematit (N∞=83,5,
            T=675°S),  γ-gematit,  ilmenit  (N∞=0,2,  T=100-150°S),  pirrotit  (N∞=62,
                                                                                 -6
            Nk=15-20, T=300÷325°S), limonit (ϰ=(100÷500)•10 , Jg=0,011, Hk=10)


                                                            304
   304   305   306   307   308   309   310   311   312   313   314