Page 304 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 304

Dastlab  magnitli  meridianda  turgan  astatik  sistema  (ikkita
            mustahkam  birlashtirilgan  magnitdan  iborat  bo‘lgan  sistema  bo‘lib,  bu

            magnitlar  o‘zaro  parallel  va  bir-biridan  ma’lum  bir  uzoqlikda
            joylashtiriladi,  ulardan  biri  bizning  namuna  ta’sir  ko‘rsatmaydigan  qilib
            qoldiriladi)  namunaning  magnit  maydoni  ta’sirida  burchakka  birmuncha

            og‘adi, uni o‘lchab Mm namunaning magnit momentini


                                                                               (11)

                   formula  bo‘yicha  aniqlash  mumkin.  Bu  erda  Sprob  –  asbobning

            mazkur  konstruksiyasi  uchun  doimiy  kattalik  bo‘lib,  o‘z  ichiga  ma’lum
            bo‘lgan  kattaiklar:  ipning  o‘ralish  moduli,  namuna  va  sistemasidagi
            magnitlardan  birining  o‘rtasidagi  masofa,    magnitlardan  birining  magnit
            momenti.

                   Namuna  tekis  maydonda  astatik  sistemaga  nisbatan  simmetrik
            o‘rnatilgan  uzun  g‘altakning  markazida  magnitlanadi.  Bu  g‘altakning
            ketidan kattaligi va o‘ramlari soni xuddi shunday bo‘lgan ikkinchi g‘altak

            joylashtiriladi.  Ikkinchi  g‘altakning  vazifasi  birinchi  g‘altak  hosil  qilgan
            maydonni  kompensatsiya  qilishdan  iborat.  Asbobning  ko‘rsatkichlari
            faqatgina magnitlangan namunaning ta’sir etgan paytida olingan                         paytida

            ushbu       maydonlarning           to‘liq     kompensatsiyasiga           erishish      uchun
            kompensatsion g‘altakning joyi o‘zgartirilib, astatik sistema avvalgi holiga
            keltiriladi. Ushbu  sxema magnitlanganlikni



                                                                              (12)
                   formula bo‘yicha aniqlash imkonini beradi.
                   Magnitlanayotgan maydonning kuchlanganligi


                                                                        ,        (13)

            ga  teng,  bu  erda Ne  -  g‘altak  ichidagi  maydonning  kuchlanganligi,    N -
            namunaning  magnitsizlanish  koeffitsienti  (magnitometrik,  ya’ni  Nm).
            Asosiy ko‘rsatkich, aynan θ burchak, ns magnitga mahkamlangan oynadan

            l  masofada  joylashgan  oynaning  tushib  turgan  aksidagi  sanoqli  shkala
            bo‘yicha topiladi va shu ko‘rsatkichga asoslanib natijalar olinadi:



                                                                          (14)
                   Bu  yerda  p=2  birinchi  gauss  holati  uchun  va  n=1  ikkinchi  gauss
            holati uchun.



                                                            299
   299   300   301   302   303   304   305   306   307   308   309