Page 303 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 303
- galvanometrni graduirovka qilish uchun ikki taraflama induksiya hosil
qiladigan etalon g‘altak, KVI - namuna va o‘lchash g‘altagi yordamida
hosil qilingan tirqish (zazor)dagi magnit oqimini kompensatsiyalash uchun
mo‘ljallangan o‘zgaruvchan o‘zaro induksiyali kompensatsion g‘altak, R1
va R2 – quyi - va yuqori Om li boshqaruvchi reostatlar, A1 va A2 -
ampermetrlar, G - ballistik galvanometr, P1 va P2 - galvanometr zanjiridagi
tok yo‘nalishini o‘zgartiruvchi asbob, P3 - magnitlovchi g‘altak yoki
namunani yoqish uchun pereklyuchatel, R va V - barcha sxemalarni yoqish
va tok kuchini o‘zgartirish uchun rubilniklar (biriktirgich-ajratgichlar).
75-rasm. Ballistik uskunaning chizmasi.
Odatda, namuna ochiq solenoidga joylashtiriladi va unga
magnitsizlanish koeffitsienti ma’lum bo‘lgan uzun silindr shakli beriladi.
Ana shu uskuna orqali magnit xarakteristikalarining to‘liq kompleksini
olish mumkin: magnitlanishning asosiy egriligi va gisterezis egrilik,
koersitiv kuch, qoldiq induksiya, magnit o‘tkazuvchanlik.
Magnitometrik uslub. Uslubning mohiyati quyidagicha, ipga
osilgan astatik sistemaning magnitlaridan biriga magnit meridianiga
perpendikulyar qilib gorizontal tekislikdagi magnitlovchi g‘altak ichiga
tekshirilayotgan namuna NS joylashtiriladi. (76-rasm).
76-rasm. Magnitometrik uskunaning chizmasi
(birinchi gauss holatida)
298