Page 301 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 301

-6
                                                                                                  -6
            diabazniki (0÷13920)∙10 , bazaltniki СГСМ da (125÷15 500)∙10  birligi
            atrofida o‘zgarib turadi va h.k.
                   Qoldiq jinslar (loylar, qumtoshlar, ohaklar, gipslar, ohakgillar va b.)
            deyarli  nomagnitlar  hisoblanadi.  Ularning  magnit  ta’sirchanligi  doimo
                               -5
            СГСМ  da  10   birligidan  kam  bo‘ladi.  Ularning  tarkibida  ma’lum  bir
            foizda  temir  oksidi,  magnetitning  rudali  aralashmalari  bo‘lsa,  u  holda
                                                                     -3
            ularning magnit ta’sirchanligi СГСМ da10  birligigacha ortishi mumkin.
                                                                                             -6
            Masalan,  turli  turdagi  gillar  uchun  ϰ  qiymati  (70÷200)∙10 ,  qumtosh
                                                                    -6
                                     -6
            uchun  (30÷45)∙10 ,  gips  uchun  (5)∙10 ,  mergel  uchun  SGSM  da
                         -6
            (0÷90)∙10  birligiga teng.
                   Bizning  materiallarning  magnetizmi, uning kelib chiqishi va paydo
            bo‘lishini  tushuntirib  beradigan  turli  nazariyalar  ustida  to‘xtashimizning

            imkoni  yo‘q.  Buning  ustiga,  ushbu  muammolarda  hech  qanday  aniqlik
            yo‘q. Faqatgina B.M.Yanovskiyning qiziq fikrini ko‘rsatishimiz mumkin.
            Uning  fikricha,  minerallarning  yuqori  darajada  magnitlanishi  ularning

            Erning  magnit  maydonidagi  intruziyasi  (er  qa’rida  magmaning
            joriylanishi)dan  keyingi  sovushining  natijasi  hisoblanadi,  chunki  jinslar
            suyuq fazadan qattiq fazaga o‘tganida kristallga aylanadi.Bundan tashqari
            jinslarning  siqilishi,  bukilishi  va  cho‘zilishi  oqibatida  o‘zgarishi  sababli

            mexanik  deformatsiyalar  qoldiq  magnitlanishning  shakllanishiga  ta’sir
            ko‘rsatgan va hozir ham ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.


                   §7.2. Tuproqning magnitlilik xususiyatlarini o‘lchash uslublari

                   Ushbu bobning 10.1-§ da ta’kidlanganidek, biron-bir jismning, shu

            jumladan  tuproqning,  magnit  xossalarini  har  tomonlama  baholash  uchun
            magnit  o‘tkazuvchanlik,  magnitlanish  egri  chizig‘i  va  gisterezis  egri
            chiziqlari, qoldiq magnitlanganlikni aniqlash lozim. Bunday baho magnit

            xususiyatlari  turlicha  bo‘lgan  moddalar:  bir  tomondan  –  kuchli  magnitli
            ferrominerallar,  ikkinchi  tomondan  –  kuchsiz  paramagnitli  minerallarga
            beriladi.  Bunday  o‘lchovlarni  eng  xilma-xil  sharoitlarda  amalga  oshirish
            kerak,  ya’ni  yuqori  aniqlik  kerak  bo‘lsa  laboratoriyada,  unchalik  aniqlik

            talab qilinmagan hollarda esa dala sharoitlarida o‘tkaziladi.
                   Tuproqning  magnit  xossalarini  o‘lchaganda  tuproq  namunasiga
            istalgan shakl berib bo‘lmasligini yodda tutish lozim.  Ushbu holatlardan

            kelib chiqib bir nechta uslublar taklif qilingan. Ularning har birini u yoki
            bu  aniqlikni  ta’minlagan  holda  ma’lum  bir  konkret  sharoitlardagina
            qo‘llash  mumkin.  Amaliyotda  eng  ko‘p  qo‘llaniladigan  uslublarga  qisqa
            to‘xtalib o‘tamiz.

                                                            296
   296   297   298   299   300   301   302   303   304   305   306