Page 297 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 297
(6)
bulganligi tufayli, N tenzor
simmetrikdir va J=const bulganida jismning barcha nuqtalari uchun
doimiydir.
ekanligini dan
osongina aniqlash mumkin.
Murakkab shakllar uchun N kattaligi faqatgina tajriba orqali topiladi.
Buning uchun J (ma’lum bir kuchlanishdagi solenoidga joylashtirilgan
jismga maydon ta’sir etganida) va J0 (nolinchi o‘zini - o‘zi
magnitsizlantirish N=0 da o‘sha maydonni o‘zi ta’sir ettiriladi)
magnitlanganlikni o‘lchash lozim. Bu erdan N=(J0 - J)/J. Ballistik (Nb)
va magnitometrik (Nm) uslublar yordamida N o‘lchanganida ularning
qiymatida farq yuzaga keladi, ya’ni doimo Nm<Nb bo‘ladi.
Amalda yuzaga keladigan qiyinchiliklardan yana biri shundaki,
istalgan namuna tashqi magnit maydoniga tushib qolganida, jumladan
Erning magnit maydoniga tushib qolganida, o‘zining ichki magnit
maydonini hosil qiladi. SHuning uchun magnitlanish quyidagi tenglama
orqali ifodalanadi:
(7)
Magnetizm fanida ko‘rsatilishicha, Hi modda bir xilda
magnitlanganida doimo He ga qarama-qarshi bo‘ladi, shuning uchun ham
ichki magnitsizlanayotgan maydonning kuchlanganligi deyiladi. Umumiy
holda bir xilda magnitlanmaydigan holatlarda Hi jismning turli nuqtalarida
magnitlanayotgan maydonga nisbatan turli yo‘nalishda bo‘lishi mumkin,
binobarin He va J o‘rtasidagi burchakning qiymati jismning shakliga
bog‘liq bo‘ladi. Magnit maydonida bir xilda magnitlanadigan shar uchun
J He ning yo‘nalishiga mos keladi. Ellipssimon shakldagi namunalarda
ham, uzun silindr ko‘rinishidagi namunalarda ham bir xilda magnitlanish
bo‘ladi.
Ferromagnit xossasi aniq ko‘rinib turgan namunalarga qiziq holat
xosdir. Uning mohiyati shundaki, tashqi magnit maydoni ortgani sari
magnitlanish asosiy egrilik (I) bo‘yicha to‘yingunicha o‘sib boradi, biroq
292