Page 295 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 295
VII- BOB. TUPROQNING MAGNIT XOSSALARI VA
RADIOAKTIVLIGI
§7.1. Tuproqning asosiy magnit xossalari
Barcha tuproqlar u yoki bu darajada magnit xossalariga ega bo‘ladi.
Bu birinchi navbatda tuproqning mineral qismidagi asosiy elementlar
uchun aniq ko‘rinadigan paramagnit xususiyatlarning xosligi hamda ularda
temir birikmalarining mavjudligi va ferromagnit xossalarga (tez va kuchli
ravishda magnitlanadigan) ega ekanligiga bog‘liqdir. Ma’lumki,
tuproqning mineral tarkibida ma’lum bir miqdorda magnetit (magnit
temirtosh Fe2O3∙FeO), pirrotin (magnit kolchedani Fen∙Sn+1), ilmenit
(titanli temirtosh FeO∙TiO2), limonit (qo‘ng‘ir temirtosh Fe2O3∙p∙N2O),
gematit (temir (III) oksidi Fe2O3) va h.k. bo‘ladi.
Ko‘plab tuproqlarda keng tarqalgan magnetit boshqalarga qaraganda
magnit xossasini ko‘proq namoyon qiladi. Tuproqdagi gazli va suyuq
fazalar nisbatan kuchsiz magnit xossalarini namoyon qiladi.
Tuproqning magnit xossalarini baholash uchun qaysi parametrlarni
hisobga olish kerak? Bu erda gap birinchi navbatda magnitlanish
kattaliklari, qoldiq magnitlanganlik, koersitiv kuch haqida ketmoqda.
Ma’lumki, har bir elektron o‘zining elementar magnit momentiga
ega. Moddaning barcha elementar magnit momentlarining vektor
yig‘indisi umumiy magnit momentini tashkil qiladi. Tuproq namunasi bir
xilda bo‘lmaganligi sababli ushbu moment uning turli uchastkalari uchun
ham turlicha bo‘ladi, shuning uchun tuproq qismining qay darajada
magnitlanganligini tavsiflash uchun magnitlanish jadalligi (yoki shunchaki
magnitlanish) tushunchasi kiritilgan va u sonli qiymati tuproq hajmi
birligining magnit momentiga teng bo‘lgan J vektorini ifodalaydi:
= J dMM (1)
dv
Bunday yo‘l bilan aniqlaganda magnitlanishning bir jinsli ekanligi
haqidagi taxmin faqatgina cheksiz kichik miqdordagi tuproq dv ga
tegishli bo‘ladi. Tabiiyki, v miqdordagi bir qism tuproq magnitlanishining
umumiy kattaligi
(2)
deb topiladi. Bir xil jinslar uchungina MM = Jv. Shunday qilib, J kattalik
elektrostatikadagi polyarizatsiya vektori o‘ynaydigan rolni bajaradi.
290