Page 300 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 300
a) 45% Kolsk yarim oroli: Jn = 0,2; Jr = 12; Hk = 30; Hn = 100;
b) 49% Vыsokoy tog‘i (Ural): Jn = 0,9; Jr = 20; Hk = 30; Hn = 150;
v) 60% Temir-Tau tog‘i: Jn = 1,9; Jr = 4,1; Hk = 7,2;
g) 60% Ural: Jn = 0,25; Jr = 7,0; Hk = 40 (barcha kattaliklar SGSM
sistemasida ifodalangan).
Xuddi shunday kartina boshqa ferromagnit minerallarda ham
kuzatiladi. Masalan, romb shaklidagi sistema hisoblangan sof pirrotinning
kristallari (74-rasm) tabiiy minerallar holatida turganida o‘zining anizotrop
magnit xossalarini yo‘qotadi. Oxirgilari o‘zining tarkibiga kiradigan
moddalarga juda bog‘liq bo‘ladi. Masalan, birinchisida 7,5%, ikkinchisida
esa ̴ 20% Fe2O3 bo‘lgan 2 ta namunalarning qoldiq magnitlanganligi va
koersitiv kuchlari tegishli ravishda Jr′ =1,12, Ne′ = 1100 va Jr" = 8, Ne" =
4600 ga teng. SHunga o‘xshash dalillarni biz gematitlar, ilmenitlar va
h.k.larda kuzatamiz.
74-rasm. Pirrotin kristalining magnitlanish egri chizig‘i
1 – OX o‘qi bo‘ylab; 2 – OY o‘qi bo‘ylab;3 – OZ o‘qi bo‘ylab
magnitlanish;
Ayrim ferromagnit moddalarning o‘zi, masalan titan oksidi, kam
magnitli (limonit), lekin temir bilan birikkanida ko‘rinib turgan
ferromagnit xossalariga ega bo‘ladi. Magmatik (otqindi) jinslar (diabazlar,
metamorflashgan gabro, piroksenitlar va b.) o‘zining tarkibidagi
ferromagnit minerallarning miqdori va sifatiga qarab turli magnit
xossalariga ega bo‘lganligi tufayli hech qanday qonuniyat o‘rnatilmagan.
Faqatgina ushbu xossalarning qanchagacha o‘zgara olishi haqida gapirish
-6
mumkin. Masalan, granitning nisbiy magnit ta’sirchanligi (0÷4555)∙10 ,
295