Page 305 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 305
Magnitsizlantirishning kerakli koeffitsientini aniqlashdan qochish
uchun ma’lum shakldagi (silindr, prizma) namuna tekshiriladi.
Magnitlanishning asosiy egriligini olish uchun magnitometrning
g‘altaklaridan biriga joylashtirilgan namuna magnitsizlantiriladi. Buning
uchun u orqali o‘zgaruvchan va asta-sekin nolgacha tushadigan tok
o‘tkaziladi.
So‘ngra g‘altak orasidan magnit maydoni kuchlanganligining
boshlang‘ich qiymati bo‘yicha o‘rnatilgan doimiy tok o‘tkaziladi, shundan
so‘ng magnitli tayyorlaniladi, ya’ni kamayadigan tok bir necha marta
o‘chirib yoqiladi, oxirgi hisob monometr bo‘yicha hisobga olinadi. Har bir
nuqta uchun oxirgi operatsiyani takrorlab, magnitlanishning asosiy
egriligining barcha nuqtalarining yig‘indisini olamiz. Gisterezis egrilik
ham shu yo‘l bilan olinadi, faqat avvaldan magnitsizlantirilmaydi.
Ushbu uslub yordamida qoldiq magnitlanishni aniqlash qulay, biroq
-4
uslubning sezgirligi magnit ta’sirchanligi СГСМ da 10 birligidan kichik
bo‘lmagan materiallarni sinash mumkin ekanligi bilan cheklangan.
B.M.Yanovskiy va E.G.Chernishevlar ushbu uslubni
takomillashtirib, uning sezgirligini yaxshilashga erishganlar. Ularning
sxemasi 77-rasmda berilgan varianti bo‘yicha, diametri 3 sm va undan
ko‘p bo‘lgan A silindrik namuna ikkala tomonidan Gelmgols halqasi K1
bilan o‘ralgan M astatik sistemaning pastki magnitidan 1-3 sm uzoqlikka
joylashtiriladi. Oxirgilari namunani
magnitlanishi uchun mo‘ljallangan.
77-rasm. Yanovskiy va
Chernishevlarning magnit
ta’sirchanlikni aniqlash uchun
tuzgan magnitometrining varianti
Ushbu halqalarni namuna va
pastki magnit bitta tekislikda
yotadigan qilib o‘rnatiladi. Ketma-ket
qilib K1 ga kattaligi kichikroq bo‘lgan harakatlanmaydigan halqalar K2
birlashtirilgan. Ularning vazifasi yuqorida aytilgan magnit maydonini
kompensatsiya qilishdir, buning uchun esa K1 obmotkaga parallel qilib
ulangan K1 halqalarning ikkinchi obmotkasidagi tok o‘zgartiriladi.
Magnitlanganlikni hisoblash uchun taklif qilingan ishchi formulada
faqatgina asbobning ma’lum bo‘lgan parametrlari va uskunaning
geometrik tavsiflari bor. Ushbu asosda tuzilgan magnitometr yakunlangan
300