Page 311 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 311
Har bir juftning magnit oqimlari bir-biriga tomon yo‘naladigan qilib
qo‘zg‘alish g‘altagi o‘rnatiladi, bu esa o‘zakning tutashtirgichida magnit
oqimi nolga teng bo‘lgan namuna bo‘lmagan vaqt uchun xarakterli bo‘lgan
balansni o‘rnatishga imkon beradi (bu haqida indikator g‘altakning nol
holati bo‘yicha baho beriladi). Namuna bor paytida u va o‘zak orasida
oraliqlardan birida tutash sodir bo‘ladi, balans buziladi va izlanayotgan ϰ
kattaligiga proporsional bo‘lgan nomuvozanatlanish signali paydo bo‘ladi.
Kuchlanish signali pog‘onasimon bo‘luvchi (delitel), kuchaytirgich
(usilitel P13-A) orqali yo‘l bosib mikroampermetrning СГСМ birliklarida
darajalangan shkalasiga etib boradi. Udmurtiya respublikada tarqalgan
tuproq tiplarining asosiy genetik qatlamlari bo‘yicha o‘rganilgan
magnitlilik xususiyati ϰ va solishtirma magnit xususiyati χ ni o‘lchash
natijalari 54, 55-jadvallarda berilgan.
Quyidagi jadvallarni tahlil qilgan holda A.A.Lukshin tomonidan
ta’riflangan quyidagi xulosalarni keltirib o‘tamiz.
1. Ilk marotaba Udmurdiya respublikasida tarqalgan tuproqlarning
asosiy tiplarining genetik qatlamlari bo‘yicha magnitlilik xususiyati
o‘rganildi. Ushbu tadqiqotlarga asoslanib quyidagilar aniqlandi:
a) chimli-karbonatli loyli va og‘ir qumoqli tuproqlarning magnitlilik
xususiyati haydalma qatlamda (20,8÷41,8)·10 -6 SGSM oralig‘ida o‘zgarib
-6
turadi. O‘rtacha miqdori ϰ = 30,3·10 СГСМ. Eng yuqori magnitlilik
xususiyati chimli-karbonatli tuproqlarning haydalma qatlami uchun
xarakterlidir. Tuproq profili bo‘ylab quyi qatlamlar tomon bu
ko‘rsatkichning keskin pasayishi ϰ=(5÷10) ·10 kuzatiladi.
-6
b) chimli-o‘rtacha va kuchli podzollashgan qumoq tuproqlarning
haydalma qatlamida magnitlilik xossasi qiymati (7,9÷20,5)·10 -6 СГСМ
oralig‘ida tebranib turadi; bu ko‘rsatkichning o‘rtacha qiymati ϰ = 14,1·10 -
6 СГСМ ni tashkil etadi. Magnitlilik xossasining eng yuqori qiymati chimli
- podzol tuproqlarning illyuvial yoki podzol qatlamiga to‘g‘ri keladi.
Birinchi holat tuproq-grunt suvlari chuqur joylashgan hududlarda yoki
relefning yuqori elementlarida shakllangan tuproqlar uchun, ikkinchi holat
esa mavsumiy ortiqcha namlanish sharoitida shakllangan tuproqlar uchun
xarakterlidir.
54-jadval
Udmurtiya respublikasining chimli-karbonatli tuproqlarining magnit
xususiyatlari
Kesm Tuproq nomi Genetik Namuna Absolyut Mangitlili Solishtirm
a qatlamlar olingan quruq k a
306