Page 16 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 16

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
                  kompetentlikni talab etadi.
                     Darsni zaruriy darajada tashkil etish va o‘tkazish uchun turli xil ko‘rgazmali qurollar,
               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA   O‘qituvchi, shuningdek, yangi mavzuni bayon qilish jarayonida savol-javob metodidan
                  interaktiv vositalar, xaritalar, rasmlar, jadvallar, chizmalardan hamda hikoya, suhbat,
                  savol-javob  kabi  mavzuni  bayon  qilishning  turli  metodlaridan  foydalanish  lozim.


                  ham foydalangan holda mavzuga doir bilimlarni mustahkamlab boradi.
                     Asosiy  bosqichda  yangi  mavzuni  yuqorida  ko‘rsatilgan  metod-usullar  asosida
                  o‘zlashtirish o‘quvchilarning o‘z fikrlarini erkin bayon qilish va o‘z nuqtayi nazarlarini
                  asoslash,  shuningdek,  boshqalarning  fikrlariga  hurmat  bilan  qarash  hissini  yuzaga
                  keltiradi.
                     O‘qituvchining vazifasi – mavzuni obrazli bayon etish, o‘quvchilarning tarixiy voqelik
                  va  jarayonlar  haqidagi  bilimlarni  chuqur  o‘zlashtirishlariga  erishish;  ularning  fanga
                  bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdir.
                     3. Refleksiya bosqichida o‘qituvchi o‘quvchilarga dastlab o‘tilgan mavzu yuzasidan
                  asoslangan esse yozish topshirig‘ini beradi. O‘qituvchi mavzuni doskaga yozadi va
                  o‘quvchilardan daftarlariga ko‘chirib olishni so‘raydi.
                     Topshiriqni bajarish uchun ko‘rsatmalar:
                     •  berilgan  mavzu  bo‘yicha  100  ta  so‘zdan  foydalangan  holda  o‘z  fikrlarini  bayon
                  etish;
                     • fikrlarni umumlashtirib, asosiy faktlarni keltirib o‘tish;
                     ●  mavzu bo‘yicha o‘zining aniq xulosasini bayon etish.
                     O‘qituvchi  belgilangan  vaqt  tugagach,  o‘quvchilardan  yozishni  to‘xtatishni,  so‘ng
                  dastlab 3–4 nafar o‘quvchidan yozganlarini o‘qib berishni so‘raydi. Qolgan o‘quvchilarda
                  yuqorida aytilgan fikrlardan boshqa maʼlumotlar bo‘lsa, qo‘l ko‘tarib aytishadi.
                     ●  Dars mavzusiga doir atamalar izohi va tarixiy-xronologik voqea-hodisalar og‘zaki
                  bayon etiladi.
                     ●    Barcha  o‘quvchilar  uchun
                  mavzuning  tayanch  tushuncha-
                  larini shakllantirish vazifasi beri-
                  ladi.



















                     ●  Taʼlim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda dars mashg‘uloti
                  jarayonida AKT va boshqa jihozlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
                     Dars yakunida o‘qituvchi barcha fikrlarni umumlashtirib, mavzu yuzasidan yakuniy
                  xulosa chiqaradi. Dars mashg‘ulotida faol qatnashgan o‘quvchilarni baholaydi hamda
                  keyingi dars uchun uyga vazifasini beradi.




                                                             16
   11   12   13   14   15   16   17   18   19   20   21