Page 19 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 19

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
               Darsning  maqsadi:  birinchi  sanoat  to‘ntarishining  sabablari  va  natijalari,
            olamshumul  kashfiyotlarning  yaratilishi  hamda  iqtisodning  yuksalishini  tushuntirib
            berish.
               Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: ko‘rgazmali vositalar yordamida o‘sha
            davr yangi texnikalarining sanoat rivojidagi muhim rolini ko‘rsatib berish; ilmiy inqilobga
            taʼsir ko‘rsatgan asosiy omillarni tahlil qilish.
               Darsdan kutiladigan natijalar:
               • o‘quvchi industrial sivilizatsiya, sekulyarlik, fan-texnika inqilobi kabi ata malarning
            mohiyatini bilib oladi;
               • industrial sivilizatsiyaning qaror topishiga taʼsir ko‘rsatgan omillarni tushunadi;       METODIK QO‘LLANMA
               •  ijodiy  topshiriqni  bajarish  jarayonida  industrial  sivilizatsiya  bilan  bog‘liq  maʼlu-
            motlardan foydalana oladi;
               • industrial sivilizatsiyaning yuz berish sabablarini tahlil qiladi;
               • XIX asr oxirida yaratilgan muhim kashfiyotlarni umumlashtiradi.
               Darsning borishi:
                                                                                                           METODIK QO‘LLANMA
               I. Faollashtiruvchi bosqich.
               1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga avval
            o‘zlashtirilgan bilimlari asosida “Sanoat to‘ntarishiga sabab bo‘lgan omillar” mavzusida
            erkin yozish topshirig‘ini beradi.
               O‘quvchilarga ko‘rsatmalar:
               1)  3  daqiqa  ichida  daftariga  taklif  etilgan  mavzu  bo‘yicha  o‘zining  erkin  fikrlarini
            yozish;
               2) xayoliga kelgan fikrlarni to‘g‘ri yoki xato ekanligini o‘ylamasdan qog‘ozga tushi-
            rish;
               3) o‘zining mustaqil xulosasini bayon etish.
               O‘qituvchi belgilangan vaqt tugagach, o‘quvchilardan yozishni to‘xtatishni so‘raydi.
            Biroq  bir  daqiqa  sukut  saqlaydi.  Chunki  insonda  eng  yaxshi  fikrlar  tang  vaziyatda
            qolganda keladi. So‘ng dastlab 3–4 nafar o‘quvchidan yozganlarini o‘qib berishlarini
            so‘raydi. Qolgan o‘quvchilardan yozganlari orasida yuqorida aytilgan fikrlardan boshqa
            maʼlumotlar bo‘lsa, qo‘l ko‘tarib aytishni so‘raydi. Umumlashtiruvchi fikrni aytib, yangi
            mavzuni e’lon qiladi.
































                                                          19
   14   15   16   17   18   19   20   21   22   23   24