Page 23 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 23

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
               Darsning  maqsadi:  XIX  asrning  70-yillarida  Angliya  sanoatining  yuksalishini
            tushun tirib berish.
               Darsda  shakllantiriladigan  tayanch  bilimlar:  Angliyaning  uzoq  yillar  jahon
            siyosatida yetakchi oʻrinni egallab kelishi; taraqqiyotning evolyutsion yo‘lini tanlashi;
            birinchi  davlat ga,  dunyoning  moliyaviy  markazi  va  liberal  jamiyatning  namunasiga
            aylanishiga  alohida e’tibor qaratish.
               Darsdan kutiladigan natijalar:
               •  o‘quvchi  “Pax  Britanica”  (Britaniya  dunyosi),  kapital  eksporti,  dominion  kabi
            atamalarning mohiyatini bilib oladi;
               • Angliya iqtisodiyotining yuqori darajada rivojlanish sabablarini izohlay oladi;           METODIK QO‘LLANMA
               • ijodiy topshiriqni bajarish jarayonida Angliya iqtisodi bilan bog‘liq maʼlumotlardan
            foydalana oladi;
               • Angliyaning mustamlakachilik siyosatini tahlil qiladi;
               • iqtisod bilan bog‘liq muhim ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
               • Angliya sanoatining yuksalishiga o‘zining mustaqil munosabatini bildiradi.
                                                                                                           METODIK QO‘LLANMA
               Darsning borishi:
               I. Faollashtiruvchi bosqich.
               1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi “Zinama-zina” metodi
            asosida o‘tgan darsdagi “Industrial sivilizatsiyaning qaror topishi” mavzusini esga tushiradi.


                                           “ZINAMA-ZINA” METODI





























               Metodni qo‘llash tartibi:
               1. O‘qituvchi o‘quvchilarni mavzular soniga qarab 3–5 kishidan iborat kichik guruhlarga
            ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo‘lgani maʼqul).
               2. Har bir guruhga chap qismida kichik mavzu yozuvi bo‘lgan varaqlar tarqatiladi.
               3.  O‘qituvchi  guruh  aʼzolariga  tarqatma  materialda  yozilgan  kichik  mavzular  bilan
            tanishish  va  shu  mavzu  asosida  bilganlarini  flomaster  yordamida  qog‘ozdagi  bo‘sh
            joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi.
               4.  Guruh  aʼzolari  birgalikda  tarqatma  materialda  berilgan  kichik  mavzuni  yozma
            (rasm  yoki  chizma)  ko‘rinishda  ifoda  etadilar.  Bunda  guruh  aʼzolari  kichik  mavzu
            bo‘yicha imkon boricha to‘laroq maʼlumot berishlari kerak bo‘ladi.



                                                          23
   18   19   20   21   22   23   24   25   26   27   28