Page 28 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 28

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi

                                                SWOT-tahlil jadvali namunasi                           W
               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA
                      S











                     O                                                                                 T











                     Agar o‘qituvchi Fransiya-Prussiya urushining oqibatlari yetarli darajada ochib berildi,
                  deb  hisoblasa,  darslikdagi  o‘quv  materiallaridan  foydalanib  o‘quvchilarga  savollar
                  berishi yoki Germaniya imperiyasining birlashuvi haqidagi matn bilan ishlashni tashkil
                  etishi mumkin.
                     III. Refleksiya bosqichi.
                     4-topshiriq.  Esse yozish.  “Fransiya-Prussiya  urushidan  keyin  Fransiya  va
                  Germaniyaning ichki va tashqi siyosati” mavzusida esse yozish.
                     5-topshiriq.    Blits-savollar.  O‘tilgan  mavzuning  o‘quvchilar  tomonidan  o‘zlash-
                  tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.
                     1. Fransiyada ikkinchi imperiya nechanchi yilgacha yashadi? 1870-yilgacha.
                     2. Milliy gvardiyaga birlashgan proletariat nimani taʼsis qildi? Kommuna.
                     3. Fransiyada nechanchi yili Uchinchi Respublika e’lon qilindi? 1870-yil 4-sentyabr.
                     4. XIX asr davomida Fransiya sanoat ishlab chiqarishining darajasi boʻyicha qaysi
                  davlatdan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi? Angliya.
                     5. 1871-yil yanvarda kim Versal saroyining serhasham oynaband zalida Germaniya
                  imperatori deb eʼlon qilindi? Vilgelm I.
                     6. Imperator Vilgelm II e’lon qilgan “yangi kurs”ning mazmun-mohiyati nimalardan
                  iborat edi? Yevropada hukmronlikka intilish, Afrika, Osiyo va Okeaniyada taʼsir
                  doiralarini qayta boʻlish.


                                                               Uy vazifasi



                                           Dunyo hamjamiyati uchun urushlarning salbiy oqibatlari,
                                             xususan, Fransiya-Prussiya urushining Fransiya va
                                             Germaniya iqtisodiga ko‘rsatgan taʼsirini oʻzida aks
                                                        ettiruvchi videorolik tayyorlang.









                                                             28
   23   24   25   26   27   28   29   30   31   32   33