Page 30 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 30

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
                     Darsning maqsadi: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Sharqiy Yevropa davlatlarining
                  iqtisodiy-siyosiy hayotini tushuntirib berish.
               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA   yordamida  yoritib  berish;  inqiloblarning  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotga  taʼsiriga  e’tibor
                     Darsda  shakllantiriladigan  tayanch  bilimlar:  Sharqiy  Yevropada  sodir  bo‘lgan
                  inqiloblar manzarasini ochib berish; voqeliklarni aniq dalillar va ko‘rgazmali vositalar

                  qaratish.
                     Darsdan kutiladigan natijalar:
                     •  o‘quvchi  anneksiya,  byurokratiya,  samoderjaviye  kabi  atamalarning  mohiyatini
                  bilib oladi;
                     • Avstriya-Vengriya imperiyasiga kirgan davlatlarni biladi;
                     •  ijodiy  topshiriqni  bajarish  jarayonida  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlarining  siyosiy
                  hayoti bilan bog‘liq maʼlumotlardan foydalana oladi;
                     • Sharqiy Yevropa davlatlari iqtisodini tahlil qiladi;
                     • mustamlakachilikka o‘zining mustaqil munosabatini bildiradi.
                     Darsning borishi:
                     I. Faollashtiruvchi bosqich.
                     1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga avval
                  o‘zlashtirilgan bilimlari asosida “Fransiya va Germaniya: Yevropada yetakchilik uchun
                  kurash” mavzusini “Munosabat” metodi orqali tahlil qilish topshirig‘ini beradi.


                           Vaziyat turi              Vaziyatning sabablari          Vaziyatning natijasi

                                                        Fransiyaning
                                                         Yevropada
                                                      o‘z gegemonligini            Fransiyada ikkinchi
                                                       saqlab qolishi;           imperiyaning ag‘darilib,
                                                        Fransiyaning                  respublikaning
                      Fransiya-Prussiya                Germaniyaning                    o‘rnatilishi;
                            urushi                   birlashishiga qarshi         Germaniya tomonidan
                                                     turishi; Fransiyada           Fransiyaning Elzas
                                                       ichki ahvolning                va Lotaringiya
                                                       yomonlashishi;              hududlarining tortib
                                                    Otto fon Bismarkning                 olinishi.
                                                     fransuz hukumatini
                                                       haqorat qilishi.





                     II. Asosiy bosqich.
                     2-topshiriq. O‘qituvchi darsni anjuman-maʼruza shaklida o‘tkazishi mumkin. Dars
                  axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darslik, xarita, jadvallar va rasmlar ustida
                  ishlash orqali davom ettiriladi. Sharqiy Yevropa mamlakatlari  – Avstriya, Vengriya va
                  Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bilan tanishtiriladi. Avstriya va Vengriya tarkibiga
                  kirgan davlatlar jadval shaklida beriladi.
                     Dars mazmunining qisqacha tavsifi. 1867-yili ikki davlat – Avstriya va Vengriya
                  hukmron doiralarining kelishuvi asosida Avstriya-Vengriya imperiyasi tashkil topadi.




                                                             30
   25   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35