Page 32 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 32
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
O‘qituvchining vazifasi mavzuni obrazli bayon etish, o‘quvchilarning tarixiy voqe-
lik va jarayonlar haqidagi bilimlarni chuqur o‘zlashtirishlariga erishish, ularning fanga
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA interaktiv vositalar, xaritalar, rasmlar, jadvallar, chizmalardan hamda hikoya, suhbat,
bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdir.
Darsni Zaruriy darajada tashkil etish va o‘tkazish uchun turli xil ko‘rgazmali qurollar,
savol-javob kabi mavzuni bayon qilishning turli metodlaridan foydalanish lozim.
III. Refleksiya bosqichi.
5-topshiriq. Esse yozish. XIX asr oxirida Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi milliy-
ozodlik harakatlarini “FSMU” metodi asosida tahlil qiling.
O‘qituvchi har bir o‘quvchiga “FSMU” metodining to‘rt bosqichi yozilgan qog‘oz
varaqlarini tarqatadi va ularni yakka tartibda to‘ldirishni so‘raydi. Bu yerda:
• F – fikringizni bayon eting;
• S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating;
• M – ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring;
• U – fikringizni umumlashtiring.
F S
M U
6-topshiriq. Blits-savollar. O‘tilgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan o‘zlash-
tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.
1. 1878-yili Rossiya yordamiga tayangan qaysi davlat oʻz mustaqilligini eʼlon qildi?
Serbiya.
2. Bosniya va Gersegovina 1908-yili qaysi davlat tomonidan anneksiya qilindi?
Avstriya.
3. Avstriya-Vengriya imperiyasi qachon tashkil topdi? 1867-yil.
4. Nechanchi asrdan rus adabiyoti va sanʼati butun dunyoga oʻz taʼsirini oʻtkaza
bo sh ladi? XIX asrda.
5. Qachonga kelib Rossiyada sanoat toʻntarishi yakunlandi va mamlakat ishlab
chiqarishning umumiy hajmi boʻyicha dunyoning beshta eng yirik industrial davlatlari
qatoriga qoʻshildi? XIX asrning 90-yillariga.
6. Slovakiya, Xorvatiya va Transilvaniya qaysi davlat tarkibiga kirgan? Vengriya.
Uy vazifasi
Birinchi rus inqilobining jamiyat hayotiga ta’sirini aks
ettiruvchi videorolik tayyorlash
32