Page 27 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 27
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: Fransiya-Prussiya urushining kelib chiqish sabablari, urushdan
keyingi davrda Germaniyani birlashtirishdagi siyosiy jarayonlarning mohiyatini
tushuntirib berish.
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: urushning Fransiya uchun salbiy
oqibatlari manzarasini ochib berish; aniq dalillar va ko‘rgazmali vositalar yordamida
urush jarayonlarini ko‘rsatib berish; urush nizolarni hal qilishning asosiy vositasi bo‘la
olmasligiga alohida e’tibor qaratish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi Fransiya-Prussiya urushi, konsentratsiya, yangi kurs, Parij kommunasi,
dekret kabi atamalarning mohiyatini bilib oladi; METODIK QO‘LLANMA
● Parij kommunasining tashkil etilishi va faoliyati haqidagi tarixiy faktlarni bilib oladi;
● ijodiy topshiriqni bajarish jarayonida Fransiya-Prussiya urushi bilan bog‘liq maʼlu-
motlardan foydalana oladi;
● Fransiya-Prussiya urushining kelib chiqish sabablarini tahlil qiladi;
METODIK QO‘LLANMA
● urush orqali nizolarni bartaraf etib bo‘lmasligi haqidagi g‘oyaga o‘zining mustaqil
munosabatini bildiradi.
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga
avval o‘zlashtirilgan bilimlari asosida “Fransiya-Prussiya urushi arafasida Yevropa”
mavzusida erkin yozish topshirig‘ini beradi.
II. Asosiy bosqich.
2-topshiriq. O‘qituvchi o‘quvchilarga Fransiya va Germaniya hududlarini xaritadan
ko‘rsatish vazifasini topshiradi. So‘ngra quyidagi savollarni beradi:
1. Fransiya-Prussiya urushi Fransiya uchun qanday salbiy oqibatlarga olib keldi?
Sabablarini izohlang.
2. Bu urush Germaniyaning birlashuviga qanchalik yordam berdi?
Dars mazmunining qisqacha tavsifi. O‘quvchilarning javob va fikrlarini tinglagach,
o‘qituvchi darsni davom ettiradi:
1) Fransiya-Prussiya urushi tufayli Fransiyada hokimiyatga Parij kommunasining
kelishi; Fransiyaning bir qancha hududlarni qo‘ldan boy berishi;
2) Prussiyaning Germaniya imperiyasidagi rolining kuchayishi;
3) XIX asr oxiriga kelib Fransiyaning iqtisodiy va siyosiy hayotida moliya oligarxiyasi-
ning asosiy kuchga aylanishi;
4) Germaniyaning hukmronlikka intilishi.
3-topshiriq. SWOT-tahlil. O‘qituvchi yangi mavzuni bayon qilish jarayonida SWOT-
tahlil metodidan foydalanadi.
O‘quvchilar SWOT-tahlil jadvalini tuzish tartibi bilan tanishtiriladi:
● o‘quvchilar kichik guruhlarga birlashib, maʼlumotlarni taqqoslashadi, tahlil qilishadi;
● umumiy maʼlumotlarni SWOT-tahlil jadvaliga jamlashadi;
● ish natijasi bo‘yicha taqdimot qilishadi.
SWOT inglizcha so‘zlarning bosh harflaridan olingan bo‘lib, quyidagi maʼnolarni
ang latadi:
● Strengths – kuchli tomoni;
● Weakness – kuchsiz tomoni yoki ichki muammolarning mavjudligi;
● Opportunities – imkoniyatlar;
● Threats – tahdidlar, mavjud xavf-xatarlar.
27