Page 25 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 25
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
12) har bir guruh aʼzosi guruhga berilgan matnning mazmunini hayotga bog‘lagan
holda bittadan savol tuzadi;
13) guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi
(“guruh hisobchilari” berilgan javoblar bo‘yicha ballarni hisoblab boradilar);
14) guruh aʼzolari to‘plagan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi;
15) guruhlar to‘plagan umumiy ballar guruh aʼzolari o‘rtasida teng taqsimlanadi.
III. Refleksiya bosqichi.
3-topshiriq. Esse yozish. “Angliyaning dunyoning yetakchi davlatiga aylanishi”
mavzusida esse yozish.
4-topshiriq. Quyidagi jadvalda keltirilgan mavzuga oid atamalarga izoh bering. METODIK QO‘LLANMA
1-jadval
T/r Atamalar Izohi
1 “Jahon ustaxonasi”
2 Liberal jamiyat
3 Fuqarolik jamiyati
4 Taraqqiyotning evolyutsion yoʻli
5 Kasaba uyushmalari
6 Kapitalistik mamlakatlar
7 Pax Britanica (Paks Britanika)
8 Kapital eksporti
9 Lordlar palatasi
5-topshiriq. Blits-savollar. O‘tilgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan o‘zlash-
tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.
1. Angliya uzoq yillar davomida qanday o‘ziga xos nomga ega bo‘lib kelgan? “Jahon
ustaxonasi”.
2. Angliya taraqqiyotning qanday yo‘lini tanladi? Evolyutsion yo‘lni.
3. Qachonga kelib AQSH dunyoning birinchi sanoat mamlakatiga aylandi? XX asr
boshlarida.
4. Mustamlakalar uchun boʻlgan urushlarning eng yirigi ingliz-bur urushi qachon
boʻldi? 1899–1902-yillarda.
5. “Yanada Buyuk Britaniyani yaratish” tashabbuskorlaridan biri kim edi? Jozef
Redyard Kipling.
Uy vazifasi
Angliya iqtisodiyotining rivojlanishiga taʼsir etgan omillar,
mustamlakalari va ulardagi siyosiy jarayonlar haqida
taqdimot tayyorlash.
25