Page 21 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 21

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
                                                      2-jadval
                            Huquqiy davlatlarda fuqarolik jamiyatining rivojlanishi odamlar
                                      hayotida qanday oʻzgarishlarga olib keldi?

                                    A                                          B

                      Shaxsiy erkinliklar kengaydi.           Feodal qaramlikdan ozod boʻlish
                                                                     jarayoni davom etdi.

                                                         D

                                     Mahalliy boshqaruv organlari shakllandi.                              METODIK QO‘LLANMA


               Agar o‘qituvchi industrial sivilizatsiyaning qaror topishi haqida yetarlicha maʼlumotlar
            berildi  deb  hisoblasa,  darslikdagi  o‘quv  materiallaridan  foydalanib  o‘quvchilarga
            savollar berishi mumkin.
               Bunday  hajmdagi  o‘quv  materialini  tushuntirish  o‘qituvchidan  kasbiy  yetuklik  va
            metodik kompetentlikni talab etadi. Darsni zaruriy darajada tashkil etish va o‘tkazish
            uchun  turli  xil  ko‘rgazmali  qurollar,  interaktiv  vositalar,  xaritalar,  rasmlar,  jadvallar,
            chizmalardan hamda hikoya, suhbat, savol-javob kabi mavzuni bayon qilishning turli
            usullaridan foydalanish lozim.
               Asosiy  bosqichda  yangi  mavzuni  yuqorida  ko‘rsatilgan  metod-usullar  asosida
            o‘zlashtirish  o‘quvchilarning  o‘z  fikrlarini  erkin  bayon  qilish  va  o‘z  nuqtayi  nazarini
            asoslash,  shuningdek,  boshqalarning  fikrlariga  hurmat  bilan  qarash  hissini  yuzaga
            keltiradi.
               III. Refleksiya bosqichi.
               4-topshiriq.  Esse yozish.  “Fan-texnika  inqilobining  jamiyat  hayotiga  taʼsiri”
            mavzusida asoslangan esse yozish.
               O‘qituvchi mavzuni doskaga yozadi va o‘quvchilardan daftarlariga ko‘chirib olishni
            so‘raydi.
               Topshiriqni bajarish uchun ko‘rsatmalar:
               • Berilgan mavzu bo‘yicha 100 ta so‘zdan foydalangan holda o‘z fikrlarini bayon
            etish;
               • fikrlarni umumlashtirib, asosiy faktlarni keltirib o‘tish;
               • mavzu bo‘yicha o‘zining aniq xulosasini bayon etish.
               O‘qituvchi  belgilangan  vaqt  tugagach,  o‘quvchilardan  yozishni  to‘xtatishni,  so‘ng
            dastlab 3–4 nafar o‘quvchidan yozganlarini o‘qib berishni so‘raydi. Qolgan o‘quvchilarda
            yuqorida aytilgan fikrlardan boshqa maʼlumotlar bo‘lsa, qo‘l ko‘tarib aytishadi.
               5-topshiriq.  Blits-savollar.  O‘tilgan  mavzuning  o‘quvchilar  tomonidan  o‘zlash-
            tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.



                                                          Uy vazifasi

                                     XIX asr oxiri – XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida
                                       yuz bergan tub oʻzgarishlar haqida va “XIX asr oxiri –
                                       XX asr boshlarida yaratilgan kashfiyotlar” mavzusida
                                                        taqdimot tayyorlash.





                                                          21
   16   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26