Page 24 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 24

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
                     5.  Tarqatma  materiallar  to‘ldirilgach,  guruh  aʼzolaridan  bir  kishi  taqdimot  qiladi.
                  Taqdimot  vaqtida  guruhlar  tomonidan  tayyorlangan  material,  albatta,  sinf  taxtasiga
               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA   7. O‘qituvchi umumlashtiruvchi fikrni aytib, yangi mavzuni e’lon qiladi.
                  mantiqiy ketma-ketlikda (zina shaklida) ilinadi.
                     6. O‘qituvchi guruhlar tayyorlagan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi.





                                 “BUMERANG”
                                TEXNOLOGIYASI






























                     II. Asosiy bosqich.
                     2-topshiriq.  O‘qituvchi  mavzuni  bayon  qilishda  “Bumerang”  texnologiyasidan
                  foydalanishi maqsadga muvofiq. Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
                     1) o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
                     2) o‘quvchilar dars (mashg‘ulot)ning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;
                     3) o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi;
                     4) berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi;
                     5) har bir guruh aʼzolaridan yangi guruh tashkil etiladi;
                     6) yangi guruh aʼzolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil o‘rgangan
                  matnlari yuzasidan axborot almashadilar, yaʼni bir-birlariga so‘zlab beradilar, shu tariqa
                  matnni o‘zlashtirib olishga erishadilar;
                     7) berilgan maʼlumotlarning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida
                  ichki nazorat o‘tkaziladi, yaʼni guruh aʼzolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;
                     8) yangi guruh aʼzolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
                     9) darsning qolgan jarayonida o‘quvchilar bilimlarini baholash yoki to‘plagan ballarini
                  hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi;
                     10) o‘quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash
                  maqsadida o‘qituvchi (yoki raqib guruh) o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadi,
                  og‘zaki so‘rov o‘tkazadi;
                     11)  savollarga  berilgan  javoblar  asosida  guruhlarning  to‘plagan  umumiy  ballari
                  aniqlanadi;





                                                             24
   19   20   21   22   23   24   25   26   27   28   29