Page 35 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 35

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
               3-topshiriq. Mulohaza uchun savollar.
               1. Fuqarolar urushi qanday to‘xtatildi? Sabablarini izohlang.
               2. Urushdan keyin AQSHda iqtisodiy hayot qanday kechdi?                                     METODIK QO‘LLANMA






























                                   1861–1865-yillardagi fuqarolar urushi



               4-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi. O‘quvchilarning javob va fikrlari
            tinglangach, o‘qituvchi darsni davom ettiradi:
               1) 1894-yilga kelib AQSHning sanoat mahsulotlari hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi
            o‘ringa chiqishi;
               2) Vudro Vilsonning “yangi erkinlik” siyosiy dasturining taklif etilishi;

               3) I Panamerika konferensiyasining chaqirilishi;
               4) Meksika inqilobi;

               5) XIX asrning 60–90-yillarida Amerika madaniyatining rivojlanishi.
               O‘qituvchi  yangi  mavzuni  bayon  qilish  jarayonida  savol-javob  metodidan  foyda-
            langan  holda  XIX  asr  oxiri  –  XX  asr  boshlaridagi  Lotin Amerikasi  mamlakatlarining
            ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga e’tibor qaratadi. Lotin Amerikasi jamiyatining rivojlanishi va
            xarakteriga bu yerdagi etnik jarayonlar katta taʼsir koʻrsatdi. Turli xalqlar – hindular, qora
            tanlilar, yevropaliklar madaniyati va anʼanalari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir bu mamlakatlar-
            da juda xilma-xil va oʻziga xos etnopsixologik jamoalarning shakllanishiga olib keldi.
            Bu esa, oʻz navbatida, siyosiy madaniyatning, butun siyosiy jarayonlarning xarakterini
            belgilab berdi va ular jamiyatdagi siyosiy beqarorlikka, tez-tez boʻlib turadigan davlat
            toʻntarishlariga,  qoʻzgʻolonlarga,  inqiloblarga,  siyosiy  kurashning  gʻirrom  usullaridan
            keng foydalanishga olib keldi. Koʻplab davlatlarda oʻz faoliyatida armiyaga tayangan
            avtoritar rejimlar oʻrnatildi.
               Mintaqa mamlakatlarida mahalliy hindular va afrikaliklar avlodlarining toʻliq mifologik
            tasavvurlariga  asoslangan  madaniy  qarashlari  bilan  yevropaliklarning  ratsionalistik
            madaniyati  aralashib,  oʻziga  xos  Lotin Amerikasi  madaniyatini  shakllantirdi.  XX  asr




                                                          35
   30   31   32   33   34   35   36   37   38   39   40