Page 4 - Orkestr sinfi
P. 4

KIRISH

            Bugungi kunda jamiyatimizning eng muhim vazifalaridan biri – o‘zida ma’naviy
         boylikni, axloqiy poklik va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan insonni
         yetishtirishdir. Adabiyot va san’atning barcha turlari ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni
         estetik did va ehtiyojlarini tarkib toptirishga munosib hissa qo‘shishi bilan e’tiborlidir.
            Hozirgi fan­texnika o‘ta rivojlangan sharoitda insoning aqliy vazifasi nihoyatda
         ortishi va u tabiat bilan bevosita muloqotdan ma’lum darajada uzoqlashuvi, ilmiy
         axborotlarning benihoya ko‘payishi sababli kishilarda emotsional sohani saqlash va
         rivojlantirish nihoyatda zarur bo‘lib qolmoqda. Ushbu qo‘llanmada mazkur vazifani
         amalga oshirishda musiqa ta’limining yosh avlod tarbiyasida tutgan muhim o‘rni
         borasida so‘z yuritiladi.
            O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan buyon o‘tgan davr ichida Respublikamiz
         madaniy hayotida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar yuz bermoqdaki, bu har bir san’atsevar
         xalqimizni behad quvontirmoqda. Xususan, unutilib borayotgan milliy qadriyatlar,
         xalqimizning urf­odatlari, ko‘p asrlik marosimlarning aholi orasida nishonlanishi va
         o‘tkazilishida yaratilayotgan shart­sharoitlar, avlodlardan avlodga o‘tib kelayotgan
         boy musiqiy merosimiz diqqatga sazovordir.
            Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar qatorida xalqimiz
         ma’naviy hayotini yanada yuksaltirish borasida o‘tkazilayotgan qator san’at sohasidagi
         ko‘rik­tanlovlar xalqimizning ertangi hayotida muhim o‘rin egallamoqda. Bu Vatanga
         muhabbatli, xalqiga sadoqatli barkamol avlod tarbiyasida ham katta ahamiyatga
         egadir. Shu o‘rinda o‘zbek milliy musiqasining ko‘p asrlik tarixiy, badiiy, ijodiy
         an’analari ko‘plab jahon xalqlari sahnalarida tobora keng namoyon etilayotganligi
         juda quvonarlidir.
            O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda,
         “Sharq taronalari azal­azaldan o‘z jozibasi bilan ko‘pgina mamlakatlar xalqlarini rom
         etib kelganligi hech kimga sir emas. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa Festivalining
         aynan mamlakatimizda o‘tkazilishi o‘zbek xalqining va milliy musiqamizning
         butunjahon hamjamiyatidagi o‘rnini yanada oshirishdagi eng buyuk ishlarimizdan
         biridir. Bu  kabi Festivallar dunyo  xalqlarining  o‘zaro do‘stlashuvi hamda san’at
         sohasidagi hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi”.
            Shuni alohida ta’kidlash joizki, jahon hamjamiyatida munosib maqomga ega
         bo‘lgan mustaqil  Vatanimizda musiqa san’atini yanada rivojlantirish uchun barcha
                                                                                        3
   1   2   3   4   5   6   7   8   9