Page 5 - Orkestr sinfi
P. 5
I.A. Ro‘zimurodov
imkoniyatlar mavjud, yetarlicha shartsharoitlar yaratilmoqda. Albatta, bu erkinlik –
har bir san’atkor uchun katta e’tibor va mas’uliyatni taqazo etadi.
Demak, har bir iste’dod sohibi o‘z milliy manfaatidan kelib chiqqan holda,
milliy va madaniy tafakkurini boyitish maqsadida, jahon andozalariga mos ravishda
barcha imkoniyatlardan samarali foydalangan tarzda tinmay mehnat qilib, hamisha
izlanishda bo‘lishi shart. Bularning hammasi mustaqillik bergan buyuk ne’matdir.
Respublikamizdagi iste’dodli ijrochi yoshlar o‘z mahoratlarini chet ellarda
manzur qilayotgan bir paytda, ular orasidan kelajakda yetuk dirijyorlar chiqib, chet
el orkestrlari bilan hamkorlikda konsertlar berishlari va O‘zbekiston kompozitorla
rining ham durdona asarlarini xorijlik tinglovchilar e’tiboriga havola qilib, mil
latimizning shonshuhratini butun olamga tanitadigan buyuk imkoniyatlar davri
keldi.
Quyida orkestr sinfi hamda uni boshqaradigan dirijyorlik kasbi xususida so‘z
borarkan, shuni alohida ta’kidlashimiz lozimki, dirijyorlik, musiqiy ijroning eng
qiyin va mas’uliyatli sohasi hisoblanadi. Chunki, dirijyor butun bir ijodiy jamoaning
birgalikdagi ijrosini tashkil etib, ularni o‘z mahorati, iste’dodi bilan boshqarib
boradigan mas’ul shaxs.
Shuningdek, dirijyor orkestrdagi sozanda – ijrochilardan, bilim jihatidan yu
qori bo‘lib, ularni jamoadagi har bir ijrochi shaxs imkoniyatlarini, ularning fal safiy
dunyoqarashini yaqindan bilgan holda, butun ijodiy jamoaning faoliyatini ta’minlab,
uni bevosita boshqaradigan rahbar. Shuning uchun professional dirijyor avvalambor
biror bir musiqa cholg‘usi bo‘yicha o‘qigan, ushbu soz bo‘yicha mukammal bilimga
ega bo‘lishi hamda nazariy bilim asoslarini chuqur o‘rganib, o‘z dunyoqarashini
musiqa nazariyasi, solfedjio, garmoniya fanlari bilan kengaytirib, so‘ng dirijyorlik
kasbini egallashi lozim.
Bundan tashqari haqiqiy dirijyor bo‘lish uchun unga avvalo Alloh tomonidan
yuqtirgan iste’dod va yuksak qobiliyat sohibi bo‘lmog‘i darkor. U o‘z ustida fido
korona mehnat qilishi, partituralarni mukammal bilishi lozim. Shundagina u haqiqiy
professional dirijyor bo‘lib shakllana oladi.
4