Page 583 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 583
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
nanomeditsina, kompyuter texnologiyalari, yashil energiya, qayta
tiklanadigan ener giya, yangi polimerlar va kompozit materiallar kabi
maʼlum texnologik platformalarda yetakchi ishlab chiqaruvchilar,
etkazib beruvchilar, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar va
muhandislik kompaniyalari o‘rtasida sheriklik asosida hamkorlikni
rag‘batlantirish muhimdir.
13.6. O‘zbekiston Respublikasida innovatsion
faoliyatning hozirgi holati va uni rivojlantirish
konsepsiyasi asoslari
Dunyoda ilmiy-texnik salohiyat tez surʼatlarda rivojlanish bilan
bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy omillarini intellektualizasiya
qilish o‘sib bormoqda. Innovatsiyalarni joriy etish iqtisodiy o‘sishning
va bozorning raqobatbardoshligini taʼminlashning muhim omi-
liga aylandi. Bu esa o‘z navbatida, barcha jabhalarda innovatsiyalar
sohasidagi ilg‘or ilmiy ishlanmalar va texnik yutuqlardan samarali
foydalanishni hamda hozirgi iqtisodiy salohiyatning raqobatdoshligini
mustahkamlashni talab etmoqda. Shundan kelib chiqqan holda bugun
ko‘plab davlatlar tomonidan ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni
rivojlantirishga katta miqdorda investitsiyalar yo‘naltirilmoqda.
Jahon iqtisodiyotida inqirozi sharoitlarida korxonalar va ilmiy
jamoalarga ajratilayotgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini
oshirish masalasi birinchi o‘ringa chiqadi. Shu maqsadlarda Yevropa
Ittifoqi davlatlarida har yili “Yevropa innovatsiyalar tablosi”
(European Innovation Scoreboard – EIS) nashr etiladi. Faoliyat
ko‘rsatuv chilar muhitini tahlil qilish usuli asosida bir qator Yevropa
Ittifoqi davlatlari uchun texnik samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblab
chiqilgan. Olingan natijalar asosida barcha davlatlar 4 guruhga
birlashtirilgan: innovatsion lider davlatlar; innovatsion izdoshlar;
mo‘tadil innovator bo‘lgan mamlakatlar; orqada qolgan davlatlar.
Ushbu usul yordamida quyidagi ko‘rsatkichlar tahlil qilib boriladi:
– YIMning ilmiy intensivligi;
– bir million aholiga to‘g‘ri keladigan olimlar soni;
– taʼlim sohasiga qilingan xarajatlar, YIMga nisbatan foiz;
582