Page 586 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 586

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          sifatida  tasniflanadi.  Eng  kam joriy qilingan innovatsiyalar  –
          marketing (3 foiz) va tashkiliy (2 foiz) innovatsiyalardir.
            Oslo qo‘llanmasida   taʼkidlanishicha,  ko‘plab  rivojlangan
                                     53
          mamlakatlarda yuqori texnologik ishlab chiqarish sanoati va biznes-
          xiz matlar sohasi  kabi ilmiy hajmdor tarmoqlar sezilarli darajada
          rivoj langan. Yuqori texnologik sohalarda tadqiqot va ishlanmalar

          innovatsiyalarning  drayveri hisoblanadi, boshqa tarmoqlar esa
          ko‘proq o‘zlashtirgan bilim va texnologiyalarni rivojlantirishga
          tayanadi.
            Past  va  o‘rta  texnologik  tarmoqlar  uchun  takomillashtiruvchi
          innovatsiyalar va o‘zlashtirishlarni amalga oshirish odatiy holdir. Ular-
          ning innovatsion faoliyati ko‘pincha ishlab chiqarish samaradorligi,
          mahsulot differensiatsiyasi va marketingi muammolariga qaratilgan.
          Ushbu tarmoqlarda innovatsiyaning muhim jihati shundaki, u yangi
          sodda texnologiyalarni o‘zlashtirishdan ko‘ra murakkabroqdir.
            O‘zbekiston  Respublikasida  ilmiy  va  innovatsion  faoliyat  jadal

          ri voj lanmoqda.  Meʼyoriy-huquqiy  asos  va  institutsional  muhit

          takomil lashmoqda,  tajriba  almashish  uchun  investorlar  va  xorijiy
          mutaxassislar jalb qilinmoqda, shu bilan birga, mamlakatimizning
          xalqaro reytinglardagi o‘rni mustahkamlanmoqda.
            O‘tgan yil davomida mamlakatimizda sohaga oid 20 ta meʼyoriy-
          huquqiy  hujjat  ishlab  chiqilib,  ulardan  7  tasi  tasdiqlandi  va  joriy
          etildi, jumladan:
            − O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni – 1 ta;

            − O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori – 2 ta;
            − O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori – 2 ta;
            − O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi – 2 ta.
            2018-yilda  qabul  qilingan  “2019–2021-yillarga  mo‘ljallangan
          O‘zbekiston  Respublikasini  innovatsion  rivojlantirish strategiya-
          si” ning  amalga  oshirilishi  natijasida  qishloq  xo‘jaligi,  energetika,
          quri lish, taʼlim hamda sog‘liqni saqlash sohalarida texnologik rivoj-
          lanish va innovatsiyalarni joriy etishni taʼminlash va rag‘batlantirish
          borasida katta yutuqlarga erishildi. Respublikamiz Global Innovatsion

          53   Руководство  ОСЛО  —  основной  методологический  документом  Организации  экономического  сот-
          рудничества и развития (ОЭСР) в области инноваций.
                                               585
   581   582   583   584   585   586   587   588   589   590   591