Page 590 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 590
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Shvetsiya 7536,47
Ispaniya 3000,89
Avstriya 5733,08
Germaniya 5211,87
Ukraina 988,077
O‘zbekiston 476,179
Qozog‘iston 666,935
Rossiya Federatsiyasi 2784,33
Birlashgan Qirollik 4603,31
Fransiya 4715,32
0 1000 2000 3000 4000 5000 6000 7000 8000
13.7-rasm. Dunyo mamlakatlarida 1 mln aholiga to‘g‘ri
keladigan tadqiqotchilar soni 56
Innovatsiya insoniyat yaratilgandan beri mavjud desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Bizning ajdodlarimiz ham jamiyat hayotini o‘zgartirgan
yoki oldinga siljitgan, o‘zlari yashagan davrga xos yoki bazaviy
innovatsiyalar bilan shug‘ullangan. Masalan, eramizdan avvalgi
1200-yillarda temir quyish texnologiyasini yaratilishi insoniyat
tarixida juda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Bu jarayon esa fanning
shakllanishi va u bilan shug‘ullanadigan olimlar qatlamining alohida
ajralib chiqishidan ancha avval yuzaga kela boshlagan. Shuning uchun
innovatsiyalarning birdan bir manbai ilm-fan deyish ham noo‘rin
bo‘ladi. Industrial davrning innovatsion portlashi yuz bergan so‘nggi
yuz yillikda yirik innovatsiyalarning tashabbuskorlari har doim ham
olimlar bo‘lavermagan. Ularning tashabbuskorlari asosan tadbirkorlar,
siyosiy arboblar, arxitektorlar, rassom va musiqachilar bo‘lgan.
Shu o‘rinda dunyoga mashhur insonlardan biri “zamonaviy me-
nejmentning otasi” deb tan olingan P. Drukerning innovatsiya to‘g‘-
risidagi ayrim fikrlari ham ahamiyatga molikdir.
56 2022-yilgi O‘zbekiston Respublikasi ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi milliy maʼruza, T.2022.
589