Page 593 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 593

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             milliy  ildizlarga,  anʼanalarga,  siyosiy  va  madaniy  xususiyatlarga
             ega  institutlar  majmuasi  bilan  taʼminlanadi  (E.  Kondratyeva).
             G.  Goldshteynning  qayd  etishicha,  samarali  milliy  innovatsiya
             tizimini yaratishning muhim sharti-davlat undan asosiy manfaatdor
             bo‘lishiga,  innovatsion  faoliyatning  ustuvor  yo‘nalishlarini  har  yili

             belgilashi va zarur resurslar bilan taʼminlashiga bog‘liqdir.
                Bugun har bir mamlakat ilg‘or iqtisodiyot nazariyasiga asoslangan
             o‘z milliy innovatsiya tizimini yaratishga intilmoqda.
                Dunyo mamlakatlari  tajribasini  o‘rganish nihoyasida quyidagi
             xulosalarni ilgari surish mumkin:
                1. Innovatsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda juda muhim rol
             o‘ynaydi.
                2. Uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni asosan mehnat unumdorligi-
             ning o‘sishi taʼminlaydi. O‘z navbatida, bu o‘sish faqat innovatsiya-

             larni joriy etish orqali amalga oshiriladi. Bizning hisob-kitoblarimiz
             bo‘yicha O‘zbekistonda mehnat unumdorligi taxminan 10,97 dollarga
             teng.  Bu  Norvegiya  va  Lyuksemburg  ko‘rsatkichlaridan  7  baravar,
             AQShdagidan  6  baravar,  Turkiyadagidan  3  baravar,  Rossiyanikiga
             nisbatan 2 baravar kam demakdir.
                3.  Mamlakatda  qulay  tadbirkorlik  muhitini  yaratmay,  samarali
             innovatsion rivojlanishga erishish mumkin emas.

                4. Qulay tadbirkorlik muhitini shakllantirmasdan innovatsiya lo-
             yihalarini  davlat  tomonidan  moliyalashtirishni  kuchaytirish  past
             samaradorlik koeffitsiyentiga ega bo‘ladi.
                5. Milliy innovatsiya tizimi yaratilishi ilmiy tadqiqotlarning
             kommersiyalashishi uchun qulay sharoitlar shakllanishiga olib keladi.
                6. Innovatsiya tizimlarini tashkillashtirish va ularning amal qi-
             lish tamoyillari xorijiy mamlakatlarda rivojlanish modellariga qarab,
             har xil darajada farqlanadi. Mavjud tizimlarni o‘zimizga ko‘r-ko‘rona
             ko‘chirish  kutilgan  samarani  bermaydi.  Yaxshisi,  o‘sha  davlatlarda

             bu institutlar uyg‘un ishlashini va o‘zaro aloqalarni o‘rnatish mexa-
             nizmini o‘rganish kerak.
                7. Muvaffaqiyatli innovatsion rivojlanishning bosh omili iqtisodi-
             yotga yangi texnologiyalarni singdirish qobiliyati (absorbtion ability)

                                                  592
   588   589   590   591   592   593   594   595   596   597   598