Page 596 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 596
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
• innovatsiya sohasida samarali bandlikni taʼminlash,
• innovatsiyalarga talabni rag‘batlantirish;
• innovatsiyalarni ishlab chiquvchi va tarqatuvchi mahalliy ko r -
xonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va soliq imtiyozlarini taqdim
etish;
• texnika-texnologiyalarni modernizatsiya qilishda ko‘mak ko‘r-
satish;
• yuqori texnologiyali mahsulotlar lizingini rivojlantirish,
• tadbirkorlikni faollashtirish,
• g‘irrom raqobatga yo‘l qo‘ymaslik;
• xalqaro bozorda mahalliy innovatsion mahsulotlarni qo‘llab-
quvvatlash;
• mamlakat eksport salohiyatini oshirish, innovatsiyalar sohasida
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;
• tashqi iqtisodiy aloqalarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan
dav lat innovatsion dasturlariga kiritilgan innovatsion loyihalarga
boj xona imtiyozlari taqdim qilish.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning
tashkiliy omillari quyidagilardan tashkil topadi:
• mahalliy va davlat ahamiyatiga molik innovatsion dasturlarga ki-
ritilgan innovatsion loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
• innovatsion infratuzilmani rivojlantirishga ko‘maklashish,
• innovatsion faoliyat borasida inson resurslarini qo‘llab-quvvatlash,
• innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlash,
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish;
• innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarni moddiy va
maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash;
• innovatsion faoliyatni axborot bilan taʼminlash (innovatsion
sohadagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risidagi
maʼlumotlarga, innovatsion faoliyat uchun asos bo‘lishi mumkin
bo‘lgan tugallangan ilmiy-texnik tadqiqotlar to‘g‘risidagi
maʼlumotlarga, amalga oshirilayotgan va tugallangan innovatsion
loyihalar va dasturlar to‘g‘risidagi maʼlumotlardan erkin foydalanishni
taʼminlash va shu kabilar);
595