Page 598 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 598
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
• loyihalash va tadqiqot ishlarini bajarish uchun shartnomalar,
• qurilish-pudrat shartnomalari,
• innovatsion faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar
ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar,
• innovatsion risklarni sug‘urtalash shartnomalari,
• investorlar bilan shartnomalar (bitimlar),
• qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa shartnomalar.
Innovatsion faoliyatni tartibga solish:
• innovatsion prognozlar
• innovatsion strategiyalar
• innovatsion dasturlar
• innovatsion loyihalar.
• innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash dasturlari va loyi-
halari asosida amalga oshiriladi.
Innovatsion bashoratlar – innovatsion faoliyatning asosiy
ko‘rsatkichlarini oldindan ko‘ra bilishni ko‘zda tutadi.
Innovatsion bashoratlar mamlakatni uzoq muddati istiqbolda
rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan strategik hujjatlar va basho-
ratlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Innovatsion bashoratlarda bazisli innovatsiyalarni ishlab chiqish
va tarqatish senariylarini, yangi yuqori texnologiyali mahsulotlar
va texnologiyalardan amaliy foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlari ko‘zda tutiladi.
Innovatsion strategiya – bu innovatsion faoliyatning ustuvor
yo‘nalishlari aniqlashtirilgan hujjat hisoblanadi.
Innovatsion siyosatning strategik ustuvorliklari mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish konsepsiyasi va strategiyala-
rida o‘z aksini topadi.
Innovatsion loyiha – bu maʼlum bir vaqt ichida aniq innovatsion
faoliyatni amalga oshirishni taʼminlaydigan o‘zaro bog‘liq hujjatlar
to‘plamidir.
Innovatsion dastur – bu o‘zaro bog‘liq innovatsion loyihalar
va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash loyihalari
majmuasidir.
597