Page 597 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 597

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                •  integratsiya jarayonlariga ko‘maklashish, ushbu sohada xalqaro
             hamkorlikni rivojlantirish;
                •  xalqaro tashkilotlarda milliy innovatsion faoliyat subyektlarining
             manfaatlarini himoya qilish.
                Innovatsion  faoliyatni  davlat  tomonidan  tartibga  solishning
             moliyaviy omillari sirasiga quyidagilar kiradi:

                •  innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga imkon beruvchi budjet
             siyosatini amalga oshirish;
                •  innovatsion sohaga davlat resurslarini yo‘naltirish va ulardan
             foydalanish samaradorligini oshirish;
                •  ijtimoiy ahamiyatga molik innovatsion dastur va loyihalarni
             amalga oshirish uchun markazlashgan investitsiyalarni yo‘naltirish;
                •  innovatsion sohada qulay investitsion iqlimni yaratish;
                •    innovatsion  faoliyatda  ishtirok  etuvchi  mahalliy  va  xorijiy
             investorlarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion loyihalarda ishtirok

             etuvchi subyektlarga soliq va bojxona imtiyozlari berish.
                Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning meʼ-
             yoriy-huquqiy omillari:
                •   innovatsion       faoliyat     subyektlari      o‘rtasidagi      o‘zaro
             munosabatlarning huquqiy asoslarini yaratish;
                •    innovatsion  faoliyat  subyektlarining  huquq  va  manfaatlarini
             himoya qilish, innovatsion faoliyatni amalga oshirishda muhim bo‘l-

             gan, xususan, intellektual mulk huquqini kafolatlash.
                Innovatsion  faoliyatni  meʼyoriy-huquqiy  jihatdan  tartibga
             solish O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston
             Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining sohaga
             oid qonun va qonunosti hujjatlari, shuningdek, xalqaro shartnoma va
             konvensiyalarda ko‘zda tutilgan tartiblar asosida amalga oshiriladi.
                Innovatsion faoliyat subyektlari, shuningdek innovatsion jarayon-
             ning  boshqa  ishtirokchilari  o‘rtasidagi  munosabatlarni  meʼyoriy-
             huquqiy jihatdan tartibga solish shartnomalar asosida amalga oshi-

             riladi, xususan:
                •  ilmiy-tadqiqot,  tajriba-konstruktorlik  va  texnologik  ishlarni
             bajarish bo‘yicha shartnomalar,

                                                  596
   592   593   594   595   596   597   598   599   600   601   602