Page 594 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 594
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
bo‘lib, bu innovatsiyani o‘zlashtirish va qo‘llash uchun qulay muhit
yaratilishidan dalolat beradi.
8. O‘zbekiston Milliy innovatsion tizimiga juda o‘xshash
tuzilmaga ega Belarus milliy innovatsiya tizimi tajribasi shuni
ko‘rsatmoqdaki, rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik
sektoriga tadqiqotlar olib borish uchun budjet mablag‘larini ajratish
innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishda tez
natija beradi.
9. Qozog‘iston tajribasidan maʼlum bo‘lishicha, moliyalashtirishning
venchurli mexanizmini joriy etish murakkab vazifa bo‘lib, jiddiy
harakatlarni, o‘zgarishlar va vaqtni talab etadi.
10. AQShning ushbu yo‘nalishdagi tajribasi yuqori ichki raqobat
iqtisodiyotda o‘z-o‘zidan innovatsiya korxonalari mustaqil ravishda
paydo bo‘lishiga olib kelishini, yuqori malakali mutaxassislar
(yaʼni, universitetlar) qulay makon (laboratoriyalar, ilmiy-tadqiqot
institutlar)da va qulay muhit (innovatsion klasterlar)da barakali
ishlashini va innovatsiyalarni rivojlantirishini isbotladi.
11. Yevropa Ittifoqida shuni ko‘rish mumkinki, faol moliyalashti-
rish (YIMning kamida 3 foizi miqdorida) innovatsiya salohiyatini,
unga aʼzo mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishini kuchaytirdi.
12. Germaniya tajribasi bilvosita qo‘llab-quvvatlash to‘g‘ridan-
to‘g‘ri boshqarishdan samaraliroq bo‘lishini, ilm-fan, ishlab
chiqarish va bozorning integratsiyalashuvi mamlakat innovatsiya
tizimi unsurlari hamkorligining eng samarali shakli ekanligini, har
bir investitsiya innovatsion yo‘naltirilgan bo‘lishiga harakat qilish
kerakligini ko‘rsatdi.
13. Buyuk Britaniya tajribasiga qaraganda, hozirgi iqtisodiyotda
fanlararo tadqiqotlar va ishlanmalarning natijadorligi tor yo‘nalishli
loyihalarnikiga nisbatan yuqoriroqdir.
14. Finlyandiya tajribasiga asoslansak, siyosatni tubdan o‘zgartirib,
mamlakatni taraqqiyotning innovatsiya yo‘liga burish qisqa fursatda
uni dunyodagi yetakchi iqtisodiyotlardan biriga aylantirishi mumkin.
15. Isroil innovatsion mahsulotlarni kommersiyalashtirish va
bozorga chiqarish uchun eng qulay sharoitlar yaratgan mamlakatdir.
593