Page 591 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 591
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
P. Druker “Ertangi kun – bu imkoniyat” degan iborani tez-tez
takrorlab turgan. U kelajakdagi imkoniyatlarni prognoz qilish va unga
pul mablag‘larini sarflay olish qobiliyati kompaniyaning eng muhim
xususiyatlaridan biri deb hisoblagan.
P. Drukerning fikricha, faqatgina tovarni yaratishga yoki brendni
kengaytirishga yo‘naltirilgan innovatsion jarayonlarga nisbatan
umumqabul qilingan qarashlar masalaning mohiyatini aks ettirmaydi.
U haqiqiy innovatsiya xaridorlarning istaklarini keskin o‘zgarishini
talab etadi, deb hisoblagan.
P. Druker agar siz innovatsiyani nimaligini bilmasangiz unda
siz biznes bilan shug‘ullana olmaysiz degan qatʼiy fikrga kelgan.
“Starbucks” kompaniyasi esa P. Druker tasavvur qilgan haqiqiy
innovatsiya namunasi bo‘la oladi. 1971-yilda birgina kafedan
boshlab 2006-yilga kelib “Starbucks” dunyoning 37 mamlakatida 12
mingtagacha savdo nuqtalari ega bo‘lgan yirik kompaniyaga aylandi.
“Starbucks” isteʼmolchiga faqatgina odatdagidan xushxo‘r bo‘lgan
bir finjon kofe taklif qilish uchungina tashkil etilmagan edi. Bu kofe
chakana savdosidagi eskicha qarash edi. Kompaniya rahbariyatida
kengroq ko‘lamdagi fikr paydo bo‘ldi: “Starbucks” kafesini odamlar
o‘z hayotidagi shiddatli surʼatdan dam oladigan – uy va ofis o‘rtasidagi
o‘ziga xos joyga aylantira olish. Boshqacha aytganda kompaniya kofe
urug‘larini maydalash, qaynatish va filtrlash kabi oddiy jarayonlar
doirasidan uzoqqa chiqib ketdi va u isteʼmolchilarning umid va
istaklarini o‘zgartira oldi.
P. Drukerning kelajak avlodga qoldirgan eng katta tuhfasi – bu
kompaniya menejerlari va ishchilarini kelajakni qanday yaratishni
o‘rgatadigan ijodiy merosidir. Piterning innovatsiyaga bog‘liq quyi-
dagi fikri judayam katta ahamiyatga ega: tadbirkor quyidagi to‘rtta
vosita yordamida boylik keltiruvchi yangi resurslarni yarata oladi:
1. Doimiy ravishdagi o‘tmishdan voz kechishga va innovatsiya
uchun joy ajratishga qaratilgan ish.
2. Imkoniyatlarni doimiy izlash.
3. Ushbu imkoniyatlarni xaridorlar uchun qadrli qila olish.
4. Resurslarni strategik joylashtirish.
590