Page 587 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 587

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             Indeks (GII) reytingida 2015-yilga nisbatan 40 pog‘onaga ko‘tarildi.
             Shu bilan birga, iqtisodiyotning real sektorida ilmiy va innovatsion
             ishlanmalarni tijoratlashtirish darajasi, real sektorda ilm-fan, taʼlim
             va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari nisbatan past bo‘lib qol-
             moqda.

                Shuni inobatga olgan holda, belgilangan yo‘nalish bo‘yicha davlat
             siyosatini amalga oshirishni davom ettirish maqsadida 2022  –
             2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini innovatsion
             rivojlantirish bo‘yicha yangi strategiya ishlab chiqildi va qabul qilindi,
             unda rivojlanishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:
                −  Innovatsion  infratuzilma  subyektlari  (innovatsion  texnologik
             park, texnologiyalar transferi markazi, innovatsion klaster, venchur
             tashkiloti,  innovatsiya  markazi,  start-up  akselerator,  inkubator)
             tarmog‘ini shakllantirish orqali start-uplarni qo‘llab-quvvatlash

             hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni tashkil etish;
                − Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning
             institutsional mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion
             faol tashkilotlar ulushini oshirish;
                −  Kichik  tadbirkorlikning  innovatsion  faolligini  oshirish  orqali
             hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal o‘sishini taʼminlash;
                − Yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratish-

             ning g‘oyadan yakuniy isteʼmolchigacha bo‘lgan kompleks tizimini
             taʼminlash orqali innovatsiyalarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish;
                − Kreativlik, tadbirkorlik va ratsionalizatorlik ko‘nikmalarini rivoj-
             lantirish orqali inson kapitalini yanada rivojlantirish. Respublikada
             ilmiy va innovatsion faoliyatni hamda ilmiy kadrlarni tayyorlashni
             tashkil  etishda  Oliy  taʼlim,  fan  va  innovatsiyalar  vazirligi  va
             Fanlar akademiyasi muhim o‘rin tutadi. Ular birgalikda istiqbolli
             loyihalarni  samarali  moliyalashtirishni  taʼminlash,  iqtidorli
             yoshlarni  ilmiy-tadqiqot  faoliyatiga  jalb  etish,  doktorantlar,  olim-

             tadqiqotchilar  va  tadbirkorlarning  ilmiy  axborotlardan  foydalanish
             imkoniyatlarini yaxshilash, hamda ilm-fan va innovatsiyalar sohasini
             raqamlashtirishni kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni
             amalga oshir moqda.

                                                  586
   582   583   584   585   586   587   588   589   590   591   592