Page 592 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 592

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Bugungi kunda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)
          hamda  Yevrostat  “innovatsiya”  terminiga  o‘zlarining  talqinlarini
          taklif etmoqda. Unga ko‘ra, innovatsiya – bu qandaydir yangi yoki
          sezilarli yaxshilangan mahsulot (tovar yoki xizmat) yoki jarayonni,
          marketingning yangi usullari yoki amaliyotga yangi tashkiliy usulni

          isteʼmol  uchun  kiritish,  ish  o‘rinlari  yoki  tashqi  aloqalarni  tashkil
          etishni namoyon qiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqilsa, innovatsiyani
          yoki g‘oyani haqiqatda amalga oshirishga olib keladigan barcha ilmiy,
          texnologik,  tashkiliy,  moliyaviy  va  tijorat  faoliyati  innovatsion
          faoliyat hisoblanadi.
            Albatta  barcha  sohalarda  yangiliklarga  intilish  hamda  raqobat
          kuchayib borayotgan bugungi davrda samarasiz o‘tmishdan voz kech-
          gan holda innovatsiyalarga keng yo‘l ochib berish taraqqiyotning eng
          muhim asosi bo‘lib hisoblanadi.

            Haqiqatan ham, milliy innovatsiya tizimi ilm-fan, sanoat va jamiyat
          o‘rtasida shunday uzviy munosabatlar tizimini shakllantiradiki, unda
          innovatsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat
          qiladi, innovatsion taraqqiyot ehtiyojlari esa ilmiy faoliyat ravnaqini
          belgilab  beradi  va  rag‘batlantiradi.  Shu  bois  barcha  mamlakatlar
          milliy innovatsiya tizimiga tayangan holda milliy raqobatdoshlikning
          yuqori darajasiga erishish va saqlab turish siyosatini olib borishadi.

            Milliy innovatsiya tizimining birinchi konseptual poydevori o‘tgan
          asrning 80-yillarida yaratilgan. Lundvall, Frimen va Nelson uning
          asosiy maqsadlarini taʼriflab berishgan. Ularning xulosalari zamonaviy
          iqtisodiyotni taraqqiy ettirishning asosiy omili biznesni rivojlanti-
          rish  manfaatlaridagi  innovatsiyalar  va  ilmiy  tadqiqotlar  ekanligi,
          ins titutsionallik innovatsion faoliyat mazmuni va tuzilmasiga taʼsir
          qiluvchi omil hisoblanishi va ilmiy bilim iqtisodiyotni rivojlantirishda
          muhim rol o‘ynashi to‘g‘risidagi g‘oyalardan iborat bo‘lgan.
            Olimlarning  umumiy  fikricha,  milliy  innovatsiya  tizimini  milliy

          chegaralar  doirasida  ilmiy  bilimlar  va  texnologiyalarni  ishlab  chi-
          qish va kommersiyalash bilan mashg‘ul, maqsad-vazifalari turlicha
          bo‘lgan tuzilmalarning, jumladan, davlat idoralarining integratsiyasi
          jarayoni  va  natijasi  sifatida  eʼtirof  etish  joiz.  Ular  mustahkam

                                               591
   587   588   589   590   591   592   593   594   595   596   597