Page 595 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 595

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Innovatsiyalarni  moliyaviy  qo‘llab-quvvatlash  davlat  uchun
             jozibador bo‘lsa-da, aynan qulay muhit yaratishga ustuvorlik
             berilishi kerak. Innovatsion taraqqiyotda muvaffaqiyatlarga erishgan
             barcha mamlakatlar, qanday model doirasida rivojlanmasin, birinchi
             navbatda, qulay innovatsion muhit yaratib olgan.

                Xorijiy mamlakatlarning rivojlanish tajribasini o‘rganish asosida
             innovatsiyani  bugungi  kunda  farovonlik  va  raqobatbardoshlikning
             asosiy omili, innovatsiyalarni rivojlantirishni esa raqobat kurashidagi
             afzalliklarni  qo‘shimcha  tarzda  kuchaytiruvchi  vosita  sifatida
             tavsiflasak bo‘ladi.
                Rivojlangan mamlakatlar bu omillarni oldindan hisobga olib, o‘z
             pozitsiyalarini xalqaro maydonda kuchaytirish yo‘lida foydalanmoq-
             da. Unutmaslik kerakki, innovatsion faollikni boshqalarga nisbatan
             oldinroq ishga tushirgan davlat doimo yutib chiqadi.



                               Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosalar
                Davlat innovatsion faoliyatni tartibga solishda tashkiliy, iqtisodiy,
             moliyaviy,  meʼyoriy-huquqiy  jihatdan  tartibga  solish  kabi  keng
             doiradagi chora-tadbirlar majmuidan foydalanadi.
                Innovatsion siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish orqali
             innovatsion faoliyatni tartibga solish davlat innovatsion siyosatining

             eng yuqori ko‘rinishi hisoblanadi. Bunday siyosat zamonaviy ijtimoiy
             –  iqtisodiy  taraqqiyotni  taʼminlashda  innovatsiyalarning  ustuvor
             ahamiyat kasyu etishini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Davlat
             innovatsion  faoliyat  samaradorligini  oshirish  borasida  tashkiliy,
             iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratadi.
                Innovatsiyalarni yaratish, o‘zlashtirish va ularning tarqatishga
             imkon  beruvchi  davlat  tomonidan  innovatsion  faoliyatni  tartibga
             so lish omillari sirasiga quyidagilar kiradi:
                •  bozor munosabatlarini rivojlantirish;

                •  innovatsion bozorda taklifning o‘sishiga hissa qo‘shadigan soliq
             va narx siyosatini amalga oshirish,


                •  barcha subyektlarning teng va qulay shart-sharoitlarda innovat sion
             faoliyatni amalga oshirishlari borasida qulay soliq muhitini yaratish;
                                                  594
   590   591   592   593   594   595   596   597   598   599   600