Page 599 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 599

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Innovatsion loyihalar davlat innovatsion dasturiga tanlov asosida
             kiritilgan bo‘lib, unda ishtirok etish ixtiyoriy ravishda amalga oshi-
             riladi. Tanlovda ishtirok etadigan innovatsion loyihalar yangiligi,
             ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik samaradorligi bo‘yicha majburiy davlat
             ilmiy-texnik va ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladi.



                                     AMALIY TOPSHIRIQLAR


                       Nazorat va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
                1. Davlat innovatsion siyosatining mohiyati va uni amalga oshirishdan
             ko‘zlangan asosiy vazifalarni tushuntirib bering.
                2.  Bugungi  kunda  mamlakatimizda  innovatsion  faoliyatni  samarali

             tashkil etish borasida to‘siq bo‘layotgan asosiy muammolar nimalardan
             iborat?
                3. Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash
             jamg‘armasi ning asosiy vazifalarini sanab bering.

                4.  Innovatsiyalarni  qo‘llab-quvvatlash  borasida  jahonning  yetakchi
             mamlakatlari tajribasi haqida gapirib bering.
                5. Innovatsion muhit tushunchasini sharhlab bering.
                6. Milliy innovatsion tizim nima?
                7. Milliy iqtisodiyot darajasida innovatsion faoliyat samaradorligini
             belgilab beruvchi asosiy ko‘rsatkichlarni sanab bering.

                8. Mamlakatimizda innovatsion faoliyatning rivojlanganlik darajasi
             qanday? Uni yanada rivojlantirish uchun nima ishlar qilish lozim, deb
             o‘ylaysiz?



                1-topshiriq.
                “2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion
             rivojlanish  strategiyasi”da  ko‘zda  tutilgan  asosiy  maq sadli
             ko‘rsatkichlar to‘g‘risida tahliliy maʼlumotlar tayyorlang.
                2- topshiriq.
                “Korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish

             borasida qanday takliflarni ilgari surasiz?

                                                  598
   594   595   596   597   598   599   600   601   602   603   604