Page 604 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 604

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV

                         INSON KAPITALI VA IQTISODIYOTNING
          14-MAVZU       INNOVATSION RIVOJLANISHINI TADQIQ
                         ETISHDAGI YONDASHUVLAR

            14.1.  Jamiyatni  innovatsion  rivojlantirishda  inson  kapitali-

          ning o‘rni
            14.2. Inson kapitalining mohiyati va tuzilishi haqidagi zamo-
          naviy qarashlar
            Mavzuning  qisqacha  sharhi.  Inson kapitali – bu insonlarning
          butun hayotlari mobaynida jamg‘argan bilim, ko‘nikma va sog‘liq
          darajasidir.  Bu  ularga  jamiyatning  foydali  aʼzosi  sifatida  o‘z
          imkoniyatlarini  to‘laqonli  ro‘yobga  chiqarishlariga  imkon  yaratadi.
          Innovatsiyalarning samaradorligi ko‘p jihatdan inson kapitali sifatiga
          bog‘liq hisoblanadi. Shu bois dunyo mamlakatlari inson kapitalini

          boyitishga  milliy  hukumatlar  tomonidan  amalga  oshiriluvchi
          siyosatning  ustuvor  yo‘nalishi  sifatida  munosabatda  bo‘ladilar.
          Inson kapitali sifati va innovatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligidan kelib
          chiqqan  holda,  mazkur  mavzu  doirasida  innovatsion  rivojlanishni
          taʼminlashda inson kapitalining o‘rni ko‘rib chiqiladi.
            Biznes tarixi: “Nestlé” qanday qilib dunyo oziq-ovqat sanoatining
          yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan?

            Har  qanday  biznes  loyihalar  va  turli  brendlarning  o‘z  tarixi  bor.
          Bugungi  kungacha  bosib  o‘tilgan  yo‘l,  loyihadagi  keskin  burilishlar
          hamda muvaffaqiyatli qadamlar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.
            “Nestlé”  kompaniyasining  asosi  shveysariyalik  farmatsevt  Anri  Nestle
          bolalarni ovqatlantirish uchun ona suti o‘rnini bosuvchi vositani yara-
          tishga  harakat  qilgan.  U  sut,  bug‘doy  uni  va  shakaridan  foydalanib,
          “Farine Lactee Henry Nestlé” (“Anri Nestlening sut uni”)ni ishlab chiqara
          boshladi.
            Ushbu  mahsulotni  ishlab  chiqarish  va  sotish  bo‘yicha  kompaniyani

          1867-yilda  tashkil  etishgan.  Uning  maqsadi  ona  sutiga  ehtiyoji  bor
          chaqaloqlar  uchun  ovqatlanishni  tashkil  etish  edi.  Shu  bilan  u  to‘yib
          ovqatlanmaslik sababli bolalar o‘limi muammosini qisman hal etishga
          harakat qilgan.

                                               603
   599   600   601   602   603   604   605   606   607   608   609