Page 609 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 609

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             innovatsion iqtisodiyotni qaror toptirish masalasi milliy iqtisodiyot
             uchun naqadar muhimligidan dalolat beradi.
                Bugungi kunda har qanday davlatda mamlakatning o‘ziga xos va
             yetarlicha samarali bo‘lgan milliy innovatsion tizimini barpo qilish
             muhim  vazifa  hisoblanadi.  Shuni  alohida  taʼkidlab  o‘tishimiz  lo-

             zimki,  innovatsion  taraqqiyotning  yangi  modeliga  o‘tish  birdaniga
             to‘pla nib qolgan salbiy jarayonlarni yengib o‘tish va iqtisodiy o‘sishni
             tez lashtirish  imkonini  bermaydi.  Iqtisodiyotni  barqaror  rivojlan-
             tirishning yangi innovatsion modelini qaror toptirishda innovatsion
             salohiyatdan foydalanishni jadallashtirish, iqtisodiyotni tarkibiy ji-
             hatdan  qayta  qurish, innovatsion  xo‘jalik  tizimlarining samarali
             faoliyat ko‘rsatishiga imkon beruvchi yangi institutsional tuzilmalarni
             yara tishga alohida urg‘u berish talab qilinadi. Hozirda jahonda biz-
             nes,  fan  va  davlatning  o‘zaro  aloqalariga  asoslangan  innovatsion

             taraqqiyotning to‘rtta modeli mavjud bo‘lib, mamlakatlar muayyan
             shart-sharoit va omillarni hisobga olgan holda, u yoki bu modelni
             tanlashni maʼqul ko‘radilar. Mavjud innovatsion taraqqiyot model-
             larining afzalliklarini taqqoslash va ularni o‘rganish asosida univer-
             sitet,  sanoat  va  davlatning  o‘zaro  munosabatlariga  asoslanuvchi,
             “uchlamchi spiral” modeli katta qiziqish uyg‘otadi. Mazkur modelda
             innovatsion iqtisodiyot asoslarini shakllantirishda universitetlarga

             katta eʼtibor qaratiladi.


























                                                  608
   604   605   606   607   608   609   610   611   612   613   614