Page 608 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 608
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
14.1. Jamiyatni innovatsion rivojlantirishda inson
kapitalining o‘rni
Yangicha iqtisodiy munosabatlarning qaror topishi sharoitida
inson kapitalining milliy iqtisodiyotni barqaror taraqqiyotini
taʼminlashdagi o‘rnini aniqlash, undan samarali foydalanish borasida
tegishli shart-sharoitlarni yaratish masalalari mamlakatlarning
xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni, aholining munosib hayot kechirishi
va barqaror rivojlanishini taʼminlash jihatidan ilmiy izlanishlarning
muhim yo‘nalishlaridan birini tashkil qiladi. Bu borada ilmiy
tadqiqotlarda inson kapitali rivojlanganlik darajasining iqtisodiy
o‘sishga taʼsirini tadqiq etish, inson kapitali tarkibiy unsurlarining
o‘zaro munosabatini baholash, innovatsiyalarning joriy etilishi va
tarqalishiga taʼsi rini aniqlash, inson kapitalini rivojlantirishning
samarali usullarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Innovatsion rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar qa to-
riga hududiy sharoitda o‘zgarishlarning ko‘lami, tezligi va chuqur-
ligidagi farq ham kiradi. Turli ziddiyatlarning vujudga kelishi
asnosida nomutanosibliklarning o‘sishi hududlarning innovatsion
taraq qiyo tida farqlanishlarni keltirib chiqaradi , bu esa o‘z navbatida
57
innovatsion rivojlanish darajasini belgilab beruvchi omillarni har
jihatdan o‘rganishni taqozo etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan
holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabr-
dagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-sonli
Farmonida O‘zbekistonni 2030-yilgacha bo‘lgan muddatda daromadi
o‘rta chadan yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga olib chiqish,
Global Innovatsion Indeksida yetakchi 50 mamlakat safiga olib chiqish,
innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun barcha yo‘nalishlarda
keng imkoniyatlarni yaratish, tadqiqotlarni va innovatsion
tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini
joriy qilish” kabi vazifalarning belgilab berilishining o‘ziyoq,
58
57 Барлыбаева, Ф.Б.Потенциал инновационного развития территории: методика исследования и нап-
равления эффективной реализации [Электронный ресурс] / Ф.Б. Барлыбаева, Г.В. Княгинина, И.А. Ситнова
// Управление экономическими системами. – 2011. – №3. – Режим доступа: http://www.uecs. ru/logistika/
item/384-2011-04-04-09-03-17
58 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘-
g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni
607