Page 606 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 606
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Ushbu aralashma butun dunyoda qahva isteʼmolini tubdan o‘zgartirib
yubordi va tezda mashhurlikka erishdi.
Urushdan keyingi yillar “Nestlé” tarixidagi eng dinamik bosqich bo‘ldi.
Ushbu davrda kompaniyaning o‘sishi kompaniya tomonidan ishlab
chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari turlarining kengayishiga asos
bo‘ldi.
“Alimentana S.A.” “Nestlé”ga qo‘shildi va yangi kompaniya nomi
“Nestlé Alimentana Company”ga o‘zgartirildi. Buning ortidan birin-
ketin, 1950-yilda Britaniyaning konserva ishlab chiqaruvchisi bo‘l gan
“Crosse&Blackwell” kompaniyasi, 1963-yilda “Findus” (muzlatilgan
oziq-ovqat), 1971-yilda “Libbi” (meva sharbatlari) va 1973-yilda
“Stouffer” kompaniyalari ham sotib olindi.
Shu bilan birga, o‘sha paytda “Nescafe”ning mashhurligi o‘sishda
davom etdi. 1950-yildan 1959-yilgacha kofe sotish qariyb uch baravar,
1960-yildan 1974-yilgacha esa to‘rt baravar oshdi.
Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng 15 yil ichida kompaniya-
ning savdo hajmi to‘rt baravar oshdi. Yangi past haroratli quritish
texnologiyasining rivojlanishi 1966-yilda yangi eriydigan kofe – “Tasterʼs
Choice”ning paydo bo‘lishiga olib keldi.
90-yillarning birinchi yarmi “Nestlé” uchun qulay davr bo‘ldi: savdo
to‘siqlari olib tashlandi va jahon bozorida integratsiya jarayonlari davom
etdi.
Markaziy va Sharqiy Yevropaning, shuningdek, Xitoyning ochilishi
“Nestlé”ga o‘z mahsulotlarini sotishning yangi usullarini taqdim etdi.
“Nestlé” XX asrni “Ingliz-shveysar quyultirilgan sut kompaniyasi”
mahsulot turlarini va geografik imkoniyatlarini kengaytirish bilan
boshladi.
Kompaniya yangi ming yillikka 70 ta mamlakatdagi 500 dan ortiq
fabrikalari va 71 mlrd Shveysariya frankidan iborat bo‘lgan oziq-ovqat
sanoatining ishonchli yetakchisi sifatida kirib keldi.
Kengayish jarayonlari “San Pellegrino” mineral suvini ishlab chiqa-
rish bo‘yicha Italiya konsernini sotib olish orqali davom etdi. “Spillers
Pet Foods” sotib olinishi “Nestlé”ning Yevropada uy hayvonlari uchun
oziq-ovqat bozoridagi mavqeyini mustahkamladi.
605