Page 605 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 605
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Yangi mahsulotning birinchi isteʼmolchisi muddatidan erta tug‘ilgan
chaqaloq bo‘ldi. Uning tanasi na ona sutini va na uning o‘rnini bosuvchi
moddalarni qabul qilar edi.
Bolaning hayoti yangi mahsulot tufayli saqlanib qolinganidan so‘ng,
bu mahsulotni ko‘pchilik tan oldi va bir necha yil ichida Yevropaning
ko‘plab mamlakatlarida shuhrat qozondi.
1886-yilda amerikalik Charlz va Jorj Peyj tomonidan tashkil etilgan
Angliya – Shveysariya quyultirilgan sut kompaniyasi o‘z mahsulotlari
turini kengaytirdi va 1870-yillarning o‘rtalarida ona suti o‘rnini bosuvchi
mahsulotlarni ishlab chiqarishni boshladi.
1874-yilda Jyul Monnerga tegishli bo‘lgan “Nestlé” bunga javoban
o‘zining quyultirilgan sut brendini ishlab chiqardi. 1905-yilgacha, yaʼni
o‘zaro birlashgunga qadar ushbu kompaniyalar mazkur sohadagi asosiy
raqobatchilar bo‘lib qolishdi.
Anri “Nestle” oilaviy ramzi – qushlar uyasini savdo belgisi sifatida
ishlatishga qaror qildi. Shveysariya nemis shevasida “Nestlé” – “kichik
uya” degan maʼnoni anglatadi.
Urushdan keyingi davr “Nestlé” uchun inqirozni keltirib chiqardi.
Hukumat buyurtmalarni to‘xtatdi, urush paytida quyultirilgan sutga
o‘rganib qolgan odamlar yangi sut paydo bo‘lishi bilanoq yana o‘sha
sutni olishni afzal ko‘rishdi. 1921-yilda kompaniya katta zarar ko‘rdi.
Mahsulot narxlarining ko‘tarilishi, urushdan keyingi jahon iqtisodiyo-
tidagi sustlik va valyuta kurslarining pasayishi vaziyatni yanada
og‘irlashtirdi.
“Nestlé” rahbariyati ushbu holatga tezda munosabat bildirdi va
shveysariyalik bank mutaxassisi Luis Daplesni bilan kompaniyani qayta
tashkil etishga kirishdi. U ishlab chiqarish va sotish darajasini sozlash,
shuningdek, qarzdorlikni qisqartirish orqali kompaniyani barqaror
holatga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
20-yillarda “Nestlé” birinchi marta o‘zining anʼanaviy prinsiplaridan
voz kechdi. Shokolad ishlab chiqarish kompaniya uchun ikkinchi muhim
faoliyatga aylandi. Kompaniyada bug‘doyli sut, “Milo” eriydigan
ichimligi, bolalar uchun maxsus ichimliklar ishlab chiqarila boshlandi.
1938-yilda eng katta yangilik – “Nescafe” ishlab chiqarila boshlandi.
604