Page 589 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 589
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
5,00 4,94
4,50
4,00
3,50 3,17 2,83
3,00
2,50 2,19
2,00 1,70 1,56
1,50 0,98
1,00 0,60 0,47
0,50 0,18 0,13 0,12 0,10 0,10
0,00
13.6-rasm. Dunyo mamlakatlarida ITTKIga xarajatlar,
YIMga nisbatan foizda 55
Bir million aholiga to‘g‘ri keladigan tadqiqotchilar soni bo‘yicha
ham rivojlangan davlatlar rivojlanayotgan davlatlardan ancha ilga-
rilab ketganligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, Shvetsiyada bir
million aholiga 7536 nafar tadqiqotchi to‘g‘ri keladi, Ispaniyada
ushbu ko‘rsatkich 3000 nafarni, Germaniyada 5211 nafarni,
Fransiyada 4715 nafarni, Buyuk Britaniyada 4603 nafarni, Ukrainada
988 nafarni, Rossiya Federatsiyasida 2784 nafarni, Qozog‘istonda 666
nafarni tashkil etgan bo‘lsa, Avstriyada 5733 nafarni va O‘zbekiston
Respublikasida esa 476 nafarni tashkil etmoqda.
Innovatsiyalar to‘g‘risida turli xil fikrlar mavjudligi bois bu to‘g‘-
risida juda ko‘p gapirish mumkin. Shu asnoda bir savol tug‘ilishi
tabiiy: innovatsiya tushunchasini nimani anglatadi, innovatsiyalar
qachondan boshlab hayotimizga kirib kelgan? Bu savolga javob topish
ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak albatta. Keling tarixga bir nazar solaylik.
55 2022-yilgi O‘zbekiston Respublikasi ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi milliy maʼruza, T.2022.
588