Page 628 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 628

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          daromadlarining o‘sishiga olib keluvchi, korxonalar raqobatdoshligini
          oshirish  va  hudud  taraqqiyotining  o‘sishiga  ko‘maklashuvchi,
          investitsiyalar natijasida shakllangan va to‘plangan qobiliyatlar,
          ko‘nikmalar,  salomatlik  darajasi,  axloqiy  fazilatlar jamlanmasi
          sifatida ko‘rib chiqiladi.

            Inson  kapitalining  tuzilmasini  atroflicha  o‘rganmasdan  turib,
          inson  kapitalidan  amalda  samarali  foydalanish  masalalarini  to‘la-
          to‘kis tadqiq qilishning imkoni yo‘q.
            Iqtisodiy adabiyotlarda inson kapitali shakllanishining mikro, me-
          zo  va  makro  darajalari  farqlanadi.  Bundan  tashqari, V.  T.  Smirnov,
          I. V. Skoblyakova kabi tadqiqotchilar inson kapitalini individual, kor-
          xona, milliy iqtisodiyot darajasida tahlil qilishni taʼkidlab o‘tadilar.
            Shu bilan birga, individual darajada – sog‘liqni saqlash kapitali,
          madaniy va axloqiy  kapital, mehnat kapitali, intellektual kapital,

          tadbirkorlik  kapitalini;  firma  darajasida  –  korporativ  nomoddiy
          aktivlar, tashkiliy kapital, tarkibiy kapital; milliy darajada esa milliy
          intellektual aktivlar, milliy raqobatbardosh ustunliklar kabilarni
          ajratib ko‘rsatadilar.



































                                               627
   623   624   625   626   627   628   629   630   631   632   633