Page 630 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 630
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Inson kapitali – M.M. Kritskiy Inson kapitali – bu ishlab chiqarish va
inson hayotining L.G. Simkina isteʼmolning o‘zaro mutanosibligini taʼ-
umumiy o‘ziga xos minlashga xizmat qiluvchi, bugungi kun
shakli sifatida talablaridan kelib chiqqan holda amalga
oshriluvchi inson hayotiy fao liyatining
o‘ziga xos shakli ( M. M. Kritskiy).
Inson kapitali – bu zamonaviy inno-
vatsion tizimning asosi sifatida vaqtni
tejash ga asoslangan hayotni boyitish
(L.G. Simkina).
Manba: A. Abduvoxidov, S. Kamilova “Inson kapitalining raqamli
rivojlanishini baholash”//Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – 2023. – Т. 1. –
№. 2. – С. 5-14.
Inson kapitali tushunchasini aniqlashtirish borasida keltirib
o‘tilgan taʼriflarni umumlashtirgan holda, salomatlik kapitali, madaniy
kapital, kasbiy bilim, tajriba va ko‘nikmalarning umumiyligini ifoda
etuvchi professional kapital inson kapitalining tarkibiy qismlarini
tashkil etadi, degan birlamchi xulosani ilgari surishimiz mumkin.
Yuqorida keltirib o‘tilganlardan kelib chiqqan holda, inson
kapitalini tarkibiy qismlarini tabiiy tarzda shakllangan umumiy va
maxsus bilimlar va tadrijiy taraqqiyot natijasida rivojlangan ijodiy
innovatsion qobiliyatlar majmuasi darajasidan kelib chiqqan holda,
inson kapitali tashkil etuvchilarini tizimlashtirish mumkin.Inson
kapitalining tarkibiy qismlarini tahlil qilish inson kapitali tarkibiga
kiruvchi tashkil etuvchilarning tabiatiga oydinlik kiritish imkonini
beradi (14.7-jadval).
629