Page 634 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 634

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          1999; Kaytts va Ziderman 1990; kabilar tomonidan amalga oshirilgan
          tadqiqotlarni kiritishimiz mumkin, mazkur tadqiqotlarning natijalari
          shundan dalolat beradiki, nomukammal raqobat yoki transzaksion
          xarajatlar ish haqi va ishlab chiqarilgan chekli mahsulotning o‘zaro
          mos  kelmasligiga  olib  keladi,  buning  natijasida  ish  beruvchilar

          ishchilarga qo‘shimcha haq to‘lashga majbur bo‘ladilar. Shuni yodda
          tutish kerakki, umumiy qayta tayyorlash va asosiy fondlarni yangilash
          jarayonida qayta tayyorlash va o‘qitishga investitsiya kiritish xususiy
          inson  kapitali  sifatining  yaxshilanishi  evaziga  korxonada  yalpi
          mehnat unumdorligining o‘sishiga zamin yaratadi.
            Ikkinchi  guruh  tadqiqotchilari,  xususan,  Xelvidj,  1992;  Nil,
          1995; Poletaev, Robinson, 2003; kabilar inson kapitalini mutlaq tarzda
          umumiy va xususiy turlarga bo‘lish mumkin emas, deb hisoblaydilar.
          Bundan tashqari ular inson kapitalining muayyan bir alohida firma

          darajasida mavjud bo‘lishiga eʼtibor qaratadilar.
            Shuni  alohida  qayd  etib  o‘tish  lozimki,  taʼlim  nafaqat  korxona-
          ning  tashkiliy  kapitaliga,  balki  inson  kapitalini  tashkil  qiluvchi
          asosiy unsurlardan biri sifatida korxona ishchi va xizmatchilarining
          sog‘liq  darajasiga  ham  taʼsir  ko‘rsatadi.  M.  Grossman  taʼlimning
          mehnat  unum dorligi  va  sifatli  mehnat  kuchi  taklifini  oshirishi
          orqali “sog‘lomlashtirish”  borasida  muhim  taʼsir  ko‘rsatuvchi  omil

          ekanligiga eʼtibor qaratadi.
            Yuqorida bayon qilinganlarni umumlashtirgan holda, biz quyidagi
          fikrlarni alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
            1.  Innovatsion rivojlanish sharoitida, inson kapitali tushunchasini
          aniqlashtirish borasidagi tadqiqotlar ilmiy va amaliy jihatdan bugungi
          kunning zarurati hisoblanadi.
            2.  Inson  kapitalini  o‘rganishda  shaxs;  investitsiyaviy;  iqtisodiy
          o‘sish omili nuqtai nazaridan yondashishlar aniqlashtirildi. Inson
          ka pitalini o‘rganishda individual va makro darajalarda yondashish

          kerakligi isbotlandi.
            3.  Inson kapitalini o‘rganishga  yondashuvlarni umumlashtirish
          va tizimlashtirish inson kapitalining bilim, qobiliyat va ko‘nikmalar
          zaxirasiga asoslanganligini aniqlashga imkon beradi.

                                               633
   629   630   631   632   633   634   635   636   637   638   639