Page 638 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 638

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          sifatini yaxshilash borasida davlat siyosatini ishlab chiqishlari va uni
          to‘la-to‘kis amalga oshirishlari uchun yillar va hattoki bir necha o‘n
          yillar talab qilinishi mumkin.
            Inson kapitalini shakllantirish natijasi muayyan bir faoliyat yo‘na-
          lishida maqsadga muvofiq tarzda to‘plangan bilim va ko‘nikmalar maj-

          mui hisoblanadi. Inson kapitalining tarkibiy qismi sifatida taʼlimdan
          samarali va maqsadli foydalanish milliy va hududiy darajada iqtisodiy
          o‘sishning surʼati va sifatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.
            Inson  hayoti  mobaynida  inson  kapitalidan  foydalanishda  tovar
          va  xizmatlarni  ishlab  chiqarish  va  isteʼmol  qilish  jarayoni    o‘zaro
          mutanosib  tarzda  kengayib  boradi,  aholining  ish  faolligi  o‘sadi,
          insonlarda  atrof-muhitni  o‘z  hayot  tarzidan  kelib  chiqqan  holda,
          o‘ziga  moslashtirish  jarayonlari  kuchayadi,  shu  bilan  bir  qatorda
          shaxslararo aloqalar mustahkamlanib, insonlarning ijtimoiylashuvi

          amalga oshadi. Bu o‘z navbatida aholi bandligi va daromadlarining
          o‘sishi,  korxona-tashkilotlar  foydasining  ko‘payishi  kabi  ijobiy
          iqtisodiy-ijtimoiy samarani taʼmin etadi.


                                 AMALIY TOPSHIRIQLAR


                    Nazorat va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

            1.  Jamiyatni  innovatsion  rivojlantirishda  inson  kapitalining  o‘rnini
          qanday baholaysiz?
            2. Mavjud innovatsion rivojlanish modellarining o‘zaro o‘xshashlik va
          farqlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
            3.  Inson  kapitali  va  ijtimoiy  kapitalning  bir-biridan  farqlovchi  va
          to‘ldiruvchi jihatlarini yoritib bering.
            4.  Inson  kapitali  va  iqtisodiy  o‘sish  o‘rtasida  qanday  bog‘liqliklar
          mavjud?
            5. O‘zbekistonda inson kapitali sifatini yaxshilash borasida amalga

          oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida so‘zlab bering.


            1-topshiriq.
            Avstraliyaning  Adelaida  shahrida  yo‘lovchi  tashuvchi  noodatiy

                                               637
   633   634   635   636   637   638   639   640   641   642   643