Page 640 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 640
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
2-topshiriq.
Inson kapitali darajasi bilan innovatsion faollik o‘rtasida bog‘liqlik
mavjud, deb o‘ylaysizmi? Fikringizni misollar yordamida tushuntirib
bering.
3-topshiriq.
International Data Corporation (IDC) tomonidan o‘tkazilgan
“global raqamlashtirish: periferiyadan markazga” tadqiqotida butun
dunyo bo‘ylab yaratilgan, to‘plangan va qayta ishlangan maʼlumot-
larning global hajmi (qattiq disklardan, telefon tayanch stansiyalari-
dan gadjetlar ko‘rinishidagi qurilmalargacha) 2018-yilda 33 zetta-
bayt dan oshishi mumkinligi va 2025-yilga kelib 175 zettabaytgacha,
yaʼni 5 martadan ko‘proqqa o‘sishi haqida bashorat qilingan. Shu bilan
birga, kompaniyalarda saqlanadigan maʼlumotlar miqdori dunyo
maʼlumotlarining 80 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi. Qayta ishlash
kerak bo‘lgan maʼlumotlarning o‘sib borishini hisobga olgan holda,
axborot maʼlumotlari mahalliy omborlardan “bulutli” omborlarga
tobora ko‘proq oqib kelmoqda, bu yerda 2025-yilga kelib barcha
maʼlumotlarning yarmi qayta ishlanadi.
Matn bilan tanishib chiqing va “O‘zbekistonda raqamlashtirish
istiqbollari” mavzusida esse yozing.
4-topshiriq.
Dunyoda 2500 ga yaqin texnoparklar mavjud. Xususan, AQShda 300
ga yaqin, Yaponiyada 110 ga yaqin, Xitoyda 80 dan ortiq, Hindistonda
50 dan ortiq, Yevropa Ittifoqida 600 dan ortiq, Germaniyada 360,
Fransiyada 80 ga yaqin, Finlyandiyada 25 dan ortiq, Rossiyada 130 ga
yaqin texnoparklar faoliyat yuritadi.
Bu borada mamlakatimizdagi vaziyat borasida tahliliy maʼlumot
tayyorlang.
639